Rossiya bir kechada Ukrainaning 121 ta dronini yo‘q qildi

© Sputnik / RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida Ukrainaning samolyot tipidagi 121 ta droni yo‘q qilindi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari bir kechada beshta hududda Ukrainaning 121 ta dronini urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“O‘tgan tun davomida navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning samolyot tipidagi 121 ta dronini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Aksariyat dronlar Qrim uzra urib tushirildi – 89 ta. Bundan tashqari, harbiylar:
Qora dengiz ustida 23 ta;
Krasnodar o‘lkasida 4 ta;
Orol viloyatida 2 ta;
Azov dengizi, Bransk va Belgorod viloyatlarida 1 tadan dron yo‘q qildi.
Ukraina Qurolli kuchlari deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga urinmoqda. Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman dronlarini tutib olmoqda.