https://oz.sputniknews.uz/20250501/vashington-kiev-ukraina-tabiiy-resurs-kelishuv-49121868.html
Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi
Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp: biz nazariy jihatdan 350 mlrd dollardan ko‘proq narsani oladigan shartnoma tuzdik. 01.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-01T11:05+0500
2025-05-01T11:05+0500
2025-05-01T11:05+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
ukraina
rossiya
qazilma boyliklari
donald tramp
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/08/3250813_182:0:2653:1390_1920x0_80_0_0_b75e8f92c3c4896b6b8be3ad1325e45b.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti. AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi. Uning doirasida ikki tomonlama sarmoya jamg‘armasi yaratilib, uning mablag‘lari Ukrainani qayta tiklashga yo‘naltiriladi. AQSh prezidenti Donald Trampning NewsNation telekanaliga ma’lum qilishicha, Vashington nazariy jihatdan Ukraina uchun resurs kelishuviga qo‘ygan sarmoyasidan ko‘proq oladi. Uning ta’kidlashicha, tegishli miqdorni Ukrainaga o‘zidan oldingi Jo Bayden "naqd pul va harbiy texnika shaklida" o‘tkazgan. AQSh prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Vatikandagi uchrashuvi chog‘ida uni Ukraina resurslari bo‘yicha kelishuvga erishishga undaganini, chunki Rossiya kattaroq va kuchliroq ekanini ham aytib o‘tdi. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Donald Tramp Ukraina bo‘yicha mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvida Rossiyaning ma’lum qonuniy talablari borligini tushunadi. Shuningdek, AQSh prezidenti ma’muriyati Vladimir Zelenskiy Ukrainada tinchlik o‘rnatish sa’y-harakatlariga putur yetkazish, mojaroni cho‘zish va boshqalarni unga tortishga urinayotganini tan oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250218/tramp-ukraina-rossiya-aqsh-48013867.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/08/3250813_491:0:2344:1390_1920x0_80_0_0_4628246d502b57ab3cf11c1d136c1267.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, ukraina, rossiya, qazilma boyliklari, donald tramp, vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, ukraina, rossiya, qazilma boyliklari, donald tramp, vladimir zelenskiy
Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi
Donald Tramp: biz nazariy jihatdan 350 mlrd dollardan ko‘proq narsani oladigan shartnoma tuzdik.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda
RIA Novosti. AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, Vashington va Kiyev Ukrainaning tabiiy resurslari bo‘yicha kelishuv imzoladi. Uning doirasida ikki tomonlama sarmoya jamg‘armasi yaratilib, uning mablag‘lari Ukrainani qayta tiklashga yo‘naltiriladi.
AQSh prezidenti Donald Trampning NewsNation telekanaliga ma’lum qilishicha, Vashington nazariy jihatdan Ukraina uchun resurs kelishuviga qo‘ygan sarmoyasidan ko‘proq oladi.
“Biz bugun nazariy jihatdan 350 milliard dollardan ko‘proq narsani oladigan shartnoma tuzdik”, — dedi Donald Tramp.
Uning ta’kidlashicha, tegishli miqdorni Ukrainaga o‘zidan oldingi Jo Bayden "naqd pul va harbiy texnika shaklida" o‘tkazgan.
AQSh prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Vatikandagi uchrashuvi chog‘ida uni Ukraina resurslari bo‘yicha kelishuvga erishishga undaganini, chunki Rossiya kattaroq va kuchliroq ekanini ham aytib o‘tdi.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Donald Tramp Ukraina bo‘yicha mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvida Rossiyaning ma’lum qonuniy talablari borligini tushunadi.
Shuningdek, AQSh prezidenti ma’muriyati Vladimir Zelenskiy Ukrainada tinchlik o‘rnatish sa’y-harakatlariga putur yetkazish, mojaroni cho‘zish va boshqalarni unga tortishga urinayotganini tan oladi.