Toshkentda G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
16:09 01.05.2025 (yangilandi: 17:34 06.05.2025)
© Ministerstva oboroni V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".

© Ministerstva oboroni
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: musobaqada 2000 nafar ishtirokchi g‘alaba qahramonlari xotirasini yod etadi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Toshkentda 9-may - Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan musobaqa tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
© Ministerstva oboroni V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".

V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".
© Ministerstva oboroni
Qayd etilishicha, 9-may kuni Toshkentda Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Yangi avlodga xotira maktubi” shiori ostida 5 km masofaga yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Yugurish musobaqasi poytaxtning “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasi va “Bunyodkor” stadioni hududlari oralig‘ida o‘tkaziladi.
Unda 2000 nafar ishtirokchi g‘alaba qahramonlari xotirasini yod etadi.
© Ministerstva oboroni V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".

V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".
© Ministerstva oboroni
“Har bir ishtirokchi go‘yo Xotira elchisidir. U frontdan kelgan xatni yoki jangchilarimizning ismlari bitilgan qog‘oz parchasini yetkazish uchun, marhumlarning ovozini tiriklar qulog‘iga yetkazish uchun yuguradi. Bu shunchaki yugurish emas – bu har bir ishtirokchi ramziy ravishda bitta askarning taqdiri va ovozini olib boradigan yo‘ldir”, — deya qayd etilgan xabarda.
Tadbir dasturidan quyidagilar o‘rin olgan:
5 kilometrga yugurish;
urush ishtirokchilariga atalgan raqamlar tarqatilish;
marraga yetib kelganlarga esdalik medali topshirilish;
yugurish yo‘li bo‘ylab o‘rnatilgan badiiy ko‘rgazmalar, tantanali musiqa dasturi;
birodarlik qabrlari yonida Xotira devori o‘rnatish;
yugurishning finishida ishtirokchilarga O‘zbekiston bayroqlarini tarqatish.
© Ministerstva oboroni V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".

V Tashkente v chest Dnya pamati i pochestey, a takje 80-letiya Pobedi nad fashizmom proydet prazdnichniy zabeg na 5 kilometrov pod devizom "Pismo pamati novomu pokoleniyu".
© Ministerstva oboroni
“Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng qonli urush bo‘lgan, o‘sha davrdagi mavjud 73 davlatdan 62 tasi unga jalb qilingan, 70 milliondan ortiq kishi halok bo‘lganlardan 27 millioni jang maydonlarida jon bergan. O‘zbekiston umumiy g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shgan”, — deyiladi xabarda.
Respublikaning 6,5 million aholisidan 1 million 951 mingga yaqini frontga jo‘natilgan, ulardan 538 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ortig‘i esa nogiron bo‘lib qaytgan.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekiston muhim front orti markaziga aylandi, bu yerda 280 ta yangi korxona barpo etildi, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 2000 dan ortiq samolyot, 19 ming aviamotor, 18 ming minomot, 1 million dona granata, 22 million dona mina tayyorlandi.
Respublika 1,5 millionga yaqin evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming yetim bolani qabul qilib, ularga o‘z uyi va qalbining eshiklarini ochdi.
Mamlakat aholisining jasorati “G‘alaba bog‘i”dagi "Matonat madhiyasi" yodgorligida abadiylashtirilgan.