Shavkat Mirziyoyev Xorazmda qaysi obyektlarni ko‘zdan kechirdi?
18:00 01.05.2025 (yangilandi: 08:58 02.05.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi Xorazmda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi. Shaharcha Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod etilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, Shaharcha markazida Xorazmiyning muazzam haykali o‘rnatiladi. Prezidentga mazkur haykal loyihasi taqdimot qilindi.
Haykal shaharchada barpo etilayotgan 20 gektarlik bog‘ning kirish qismida o‘rnatiladi. Uning balandligi 22 metr, poydevori bilan birga 30 metrdan ziyod bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-maya pribil v Xorezmskuyu oblast s selyu oznakomleniya s razvitiyem regiona, jiznyu naseleniya i opredeleniya novix zadach na perspektivu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston yetakchisi shuningdek, Xonqa tumanida barpo etilgan mebelsozlik kichik sanoat zonasini borib ko‘rdi. Qayd etilishicha, bu yerda 10 million dollarlik 61 ta korxona faoliyat boshlamoqda. 650 kishi ish bilan ta’minlandi.
Sanoat zonasidagi korxonalarning barchasiga quyosh panellari o‘rnatilgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. Aytilishicha, unga 73 yoshli Oyimjon Otajanova rahbarlik qiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil fermerskoe xozaystvo "Sobirjon Yusuf" v Xankinskom rayone.

Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil fermerskoe xozaystvo "Sobirjon Yusuf" v Xankinskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Xo‘jalikning 3 gektar maydonida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtiriladi. Yana ikki gektarda esa bog‘dorchilik qilinadi. Bundan tashqari, 12 sotix issiqxonada 40 turdagi gul ko‘chatlari yetishtiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil fermerskoe xozaystvo "Sobirjon Yusuf" v Xankinskom rayone.

Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil fermerskoe xozaystvo "Sobirjon Yusuf" v Xankinskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yerda yetishtirilayotgan ko‘chatlar Qozog‘iston va Turkmanistonga ham yetkazib berilmoqda. Otajanova xozirgacha 200 dan ortiq shogird yetishtirgan, 300 nafar ishsiz fuqaroni ko‘chatchilikka o‘rgatgan. Qolaversa, bu yil tumandagi barcha maktab va bog‘chalarga 2 ming dona qarag‘ay ko‘chatini beg‘araz tarqatgan.
Prezident Oyimjon Otajanovani “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni bilan mukofotlashga qaror qildi.