O‘zbekiston yana samolyotlar ishlab chiqarishni boshlaydi

© AO "Direksiya Svobodnoy ekonomicheskoy zoni "Navoi" V Uzbekistane vnov budut stroitsya samolyoti
V Uzbekistane vnov budut stroitsya samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Birinchi samolyot shu yil oktabr oyida chiqarilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonda yana samolyotlar ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev ma’lum qildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan INNOPROM ko‘rgazmasida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ va Rossiyaning "Pervoe" tajriba-konstruktorlik burosi MChJ o‘rtasida memorandum imzolandi.
Hujjatda SP-30 loyihasi asosida fuqarolik tipidagi boshqariladigan va uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarishni joylashtirish nazarda tutilgan. Aytilishicha, oktabr oyidan boshlab yiliga 100 ta samolyot ishlab chiqarish boshlanadi.
“Loyihaning umumiy qiymati uchinchi yilda 100 ta mashina ishlab chiqarish rejalaridan kelib chiqib, 3-yil davomida 30 million dollarga baholanmoqda. Birinchi samolyot 2025-yil oktabr oyida chiqarilishi rejalashtirilgan”, — dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev.
© AO "Direksiya Svobodnoy ekonomicheskoy zoni "Navoi" V Uzbekistane vnov budut stroitsya samolyoti
V Uzbekistane vnov budut stroitsya samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
V Uzbekistane vnov budut stroitsya samolyoti
Qayd etilishicha, o‘zining yengil samolyotlar va samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish O‘zbekistonga o‘zining aviatsiya sanoatiga ega davlatlar qatoriga qaytish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish O‘zbekistonning ichki ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumot uchun, SP-30 butunlay metalldan yasalgan, ikki o‘rindiqli samolyot bo‘lib, u allaqachon Rossiyada eng ko‘p ishlab chiqarilgan yengil samolyotga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0