Yangi tashkil etilayotgan Al-Xorazmiy universitetiga qabul qachondan boshlanishi aytildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2025
Obuna bo‘lish
Qabul 2025-2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Al-Xorazmiy universitetida o‘quv jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va Xitoyning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan taqdimotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil avgustda Urganch shahridagi Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishiga asos solingan edi. U yerda buyuk olim nomidagi universitet va ixtisoslashtirilgan maktab ham bo‘ladi.
Universitet muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Universitetda quyidagi fakultetlar bo‘ladi:
matematika va informatika fakulteti;
aerokosmik texnologiyalar muhandisligi fakulteti;
sun’iy intellekt fakulteti.
Qayd etilishicha, ularda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, sanoat, xavfsizlik, energetika va ekologiya kabi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
“O‘quv jarayonlari “Yangi O‘zbekiston” universitetining tajribasi asosida, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.
Qabulni 2025-2026 o‘quv yilidan boshlash rejalashtirilgan. Jami talabalar soni 4-6 ming atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Shaharcha hududida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ham tashkil etiladi. Unga 4-sinf bitiruvchilari tanlab olinadi. Ta’limning yakunlovchi 2-yili muhandislikka boshlang‘ich tayyorgarlikka qaratiladi.
Davlati rahbari universitet hududi nafaqat ta’lim, balki Xorazmning tarixiy-ilmiy va turizm salohiyati bilan uyg‘un majmua bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Aytilishicha, mazkur ta’lim muassasalarini tashkil etishga oid hujjat imzolandi.
Bu bo‘yicha prezident “Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sun’iy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish.
Shuningdek, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0