Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

MDH Iqtisodiy kengashining 105-majlisi bo‘lib o‘tdi — imzolangan hujjatlar

© SputnikNa 105-m zasedanii Ekonomicheskogo soveta SNG prinyali rad resheniy
Na 105-m zasedanii Ekonomicheskogo soveta SNG prinyali rad resheniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda MDH vakillari 10 ga yaqin hujjat imzolashdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Iqtisodiy kengashining 105-majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Unda Hamdo‘stlik bosh kotibi Sergey Lebedev, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston hukumatlari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini ko‘rib chiqishdi. Asosiy e’tibor MDH mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning turli yo‘nalishlariga qaratildi.
Imzolangan hujjatlar:
2030 yilgacha sarmoya jalb etish dasturi – O‘zbekiston prezidentining MDH mamlakatlarida investorlar uchun sharoitlarni yaxshilash tashabbusi tasdiqlandi.
Parvozlar xavfsizligi va qulayligini oshirish maqsadida havo harakatini boshqarishning umumiy konsepsiyasi kelishildi.
Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik rejasi qabul qilindi - kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish va farmatsevtikani rivojlantirish.
Resurslar va yangi texnologiyalarga e’tibor qaratgan holda yengil sanoatni rivojlantirish rejasi tasdiqlandi.
Radionavigatsiya kengashining ish funksiyalari Rossiya radioelektronika institutiga o‘tkazildi.
Butunrossiya hayvonlar dori vositalari sifati markazi veterinariya mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha MDHning asosiy o‘quv markazi etib tayinlandi.
MDHga a’zo davlatlarning aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi loyihasini taqdim etgan Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Andrey Plutniskiy hozir amalda bo‘lgan hujjat yigirma yildan ko‘proq vaqt avval ishlab chiqilganini ta’kidladi.
“Tibbiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va Hamdo‘stlikda amalga oshirilayotgan va sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan ishlarni inobatga olgan holda konsepsiyani yangilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Hujjat yaxshilab qayta ko‘rib chiqilgan", — dedi Plutniskiy.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk o‘z so‘zida jahon iqtisodiyotida bo‘linish va tarif qarama-qarshiligidan Ittifoq mamlakatlari uchun mumkin bo‘lgan imtiyozlar to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
“Bu yerda, albatta, ushbu vaziyatni baholashi va barcha mamlakatlarimiz ushbu yangi chaqiriqlarga birgalikda javob berishlari kerak. Shu bilan birga, ular ham imkoniyatlarni ochib beradi. Chunki bu holat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdoni yaxshilashga xizmat qilmoqda, biz bu borada bir-birimiz bilan yanada faolroq hamkorlik qilamiz”, — dedi Aleksey Overchuk.
Iqtisodiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 18-iyul kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0