Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatadi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Ukraini v zale, gde proydut peregovori
Flagi Rossii i Ukraini v zale, gde proydut peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina tomonidan otashkesim buzilgan taqdirda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari tegishli va samarali javob beradi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan sulh e’lon qildi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Vladimir Putinning qarori bilan insonparvarlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib, G‘alabaning 80-yilligi nishonlanadigan kunlarda – 7-8 may yarim tundan 10-11 mayga o‘tar kechasigacha Rossiya tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu davrda barcha harbiy harakatlar to‘xtaydi. Rossiya Ukraina tomoni ham bundan namuna olishi kerak, deb hisoblaydi.

“Ukraina tomonidan otashkesim buzilgan taqdirda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari tegishli va samarali javob beradi. Rossiya tomoni Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etishga va xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga qaratilgan dastlabki shartlarsiz tinchlik muzokaralariga tayyorligini yana bir bor e’lon qiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Fasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
O‘zbekiston Ukrainadagi Pasxa sulhini olqishlaydi — TIV
Yangiliklar lentasi
0