Xitoyda O‘zbekiston turizm yili tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

© UzbektourismV provinsii Sichuan startovali meropriyatiya "Goda turizma Uzbekistana v Kitae"
V provinsii Sichuan startovali meropriyatiya Goda turizma Uzbekistana v Kitae  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmalarda Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining yangi sayyohlik yo‘nalishlari namoyish etilmoqda.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Xitoyda O‘zbekiston turizm yili tadbirlari boshlandi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahrida "Xitoyda O‘zbekiston turizm yili" tadbirlari dasturi doirasida ko‘rgazmalar va roud-shoular bo‘lib o‘tmoqda.
© UzbektourismV provinsii Sichuan startovali meropriyatiya "Goda turizma Uzbekistana v Kitae"
V provinsii Sichuan startovali meropriyatiya Goda turizma Uzbekistana v Kitae  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
V provinsii Sichuan startovali meropriyatiya "Goda turizma Uzbekistana v Kitae"
XI-Sichuan xalqaro turizm ko‘rgazmasi "SCITE"da Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi hamda Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston hududlarining sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida mazkur viloyatlarning yangi sayyohlik yo‘nalishlari namoyish etilmoqda.
“Tashrif doirasida XKP Sichuan provinsiyasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ouyan Szexua bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar sayyohlar oqimini o‘zaro ko‘paytirish, kadrlar tayyorlash, shuningdek, turizm sohasida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qildilar”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, 28 va 30-aprel kunlari Chansha (Xunan provinsiyasi) va Chunsin shaharlarida ham sayyohlik taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0