O‘zbekiston va Tatariston qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi — tafsilotlar

© Xokimiyat Buxarskoy oblastiRustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka "Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti"
Rustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Obuna bo‘lish
Rustam Minnixanov Buxoroga tashrifi davomida bir qator kelishuvlar imzolandi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Tatariston yengil transportlar, yuk va maxsus texnikalar uchun filtrlar, shuningdek tog‘-kon, qurilish materiallari, maxsus bo‘yoqlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov Buxoroga tashrifi davomida “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkida amalga oshirilgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
© Xokimiyat Buxarskoy oblastiRustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka "Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti"
Rustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Rustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka "Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti"
Tashrif doirasida hududning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qator kelishuvlar imzolandi.
“Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi mahsus sanoat parki direksiyasi va “Marshal FT” MChJ o‘rtasida yengil transportlar, yuk va maxsus texnikalar uchun DVS havo filtrlari ishlab chiqarish, “Fort Verniy” MChJ hamkorligida tog‘-kon, qurilish materiallari, va maxsus bo‘yoqlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolandi”, — deyiladi xabarda.
© Xokimiyat Buxarskoy oblastiRustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka "Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti"
Rustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Rustam Minnixanov posetil ploshadki Spetsialnogo promishlennogo parka "Buxarskiy kompleks razvitiya promishlennosti"
Tashrif doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Muloqotda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar doirasida hududlar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.
Muzokaralar chog‘ida “Buxoro sanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkining rezidentlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
“Buxoroda boshlagan hamkorlikdagi ishlarimiz reja qilganimizdan ham yuqori darajada davom etapti. Obyektlar qurildi, infratuzilma bor. Endi vazifalar esa yanada muhim. Zonaning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun salohiyatli investorlar kerak. Ichki va tashqi bozorni puxta o‘rganib, shunga asosan ish yuritish lozim”, — dedi Tatariston raisi.
Muloqot davomida hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashildi. Tatariston raisining Buxoroga tashrifi yakunlandi.
Forum mejregionalnogo sotrudnichestva mejdu Rossiyey i Uzbekistanom v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Rustam Minnixonov O‘zbekistonga keldi — tashrifdan maqsad
Yangiliklar lentasi
0