Mirziyoyev Erondagi portlash munosabati bilan Pezeshkiyonga ta’ziya yo‘lladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Irana i Uzbekistana
Flagi Irana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Obuna bo‘lish
Sherzod Asadov: davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Eronda ro‘y bergan portlash munosabati bilan prezident Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
Ma’lumot uchun, Eronning Bandar-Abbos portida yoqilg‘i saqlanadigan rezervuar yonib ketishi oqibatida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Eron OAVlariga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 25 kishiga, jarohatlanganlar soni 1139 kishiga yetdi. Portlashga raketa yoqilg‘isi sifatida ishlatiladigan natriy perxlorat sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0