Badiiy gimnastika: Taxmina Ikromova Jahon kubogi bosqichida oltin medalga ega chiqdi

© NOKTaxmina Ikromova oboshla Olimpiyskuyu chempionku v mnogoborye
Taxmina Ikromova oboshla Olimpiyskuyu chempionku v mnogoborye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Obuna bo‘lish
Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida dastlabki medallar o‘z egalariga topshirildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida Taxmina Ikromova oltin medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Toshkent mezbonlik qilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida dastlabki medallar o‘z egalariga topshirildi.
Taxmina Ikromova ko‘pkurash dasturida germaniyalik Olimpiada chempionidan yaxshiroq natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, guruh mashqida qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
© NOKTaxmina Ikromova oboshla Olimpiyskuyu chempionku v mnogoborye
Taxmina Ikromova oboshla Olimpiyskuyu chempionku v mnogoborye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2025
Taxmina Ikromova oboshla Olimpiyskuyu chempionku v mnogoborye
G‘oliblar:
Yakkalik, ko‘pkurash: oltin - Taxmina Ikromova (O‘zbekiston), kumush - Darya Varfolomeyev (Germaniya), bronza - Liliana Levinska (Polsha).
Guruh mashqi, ko‘pkurash: Polsha (oltin), O‘zbekiston (kumush), Xitoy (bronza).
Aytilishicha, bugun alohida mashqlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0