https://oz.sputniknews.uz/20250426/toshkent-ekologik-texnologiyalar-xalqaro-korgazma-49051712.html
Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yil 19–21 iyun kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor “Eco Expo Central Asia 2025” ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
2025-04-26T12:42+0500
2025-04-26T12:42+0500
2025-04-26T12:42+0500
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
yashil energiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0b/48845050_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_6b8aaeb585530939229bb0f435fb2e24.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Joriy yil 19–21 iyun kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor “Eco Expo Central Asia 2025” ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.Ta’kidlanishicha, “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi ilg‘or ekologik texnologiyalar, amaliyot va yechimlar almashish uchun mintaqadagi birinchi ixtisoslashtirilgan platformadir. Bu yerda hamma narsa namoyish etiladi: ekologiyadagi sun’iy intellektdan tortib suvni tejash yechimlarigacha, yashil energiyadan ekoturizmgacha. Ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etadi.Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yashil tashabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlashni o‘rgatuvchi sanoat ta’lim muassasalari, ekomarshrutlarni taklif etuvchi turistik joylar va boshqalar namoyish etiladi. Quyidagi bo‘limlarga alohida e’tibor qaratilmoqda: yashil shaharlar, toza texnologiyalar, ekomoliya, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek, yashil transport va obodonlashtirish.Asosiy ko‘rgazmadan tashqari mehmonlarni ekspertlar va soha yetakchilarining taqdimotlari, mamlakatning tabiiy merosiga bag‘ishlangan videotanlov va fotoko‘rgazma, O‘zbekiston ekologiyasi haqidagi hujjatli film namoyishi, tabiat va inson uyg‘unligini aks ettiruvchi badiiy ko‘rgazmalar kutmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250128/ozbekiston-yashil-iqtisodiyot-atrof-muhit-rejalar-47725540.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0b/48845050_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fc35823e9445b1e1e2d4e5f0c3015186.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazma
toshkent ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazma
Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yashil tashabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlashni o‘rgatuvchi sanoat ta’lim muassasalari, ekomarshrutlarni taklif etuvchi turistik joylar va boshqalar namoyish etiladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Joriy yil 19–21 iyun kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor “Eco Expo Central Asia 2025” ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ekologiya vazirligi
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi ilg‘or ekologik texnologiyalar, amaliyot va yechimlar almashish uchun mintaqadagi birinchi ixtisoslashtirilgan platformadir. Bu yerda hamma narsa namoyish etiladi: ekologiyadagi sun’iy intellektdan tortib suvni tejash yechimlarigacha, yashil energiyadan ekoturizmgacha. Ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etadi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun Eco Expo nafaqat o‘zlarining yashil tashabbuslarini namoyish etish, balki yangi bozorlarga chiqish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ekologik innovatsiyalardan ilhom olish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyati bo‘ladi. Bu yerda biznes uchrashuvlari, taqdimotlar, ekspertlar panellari, shuningdek, startaplar va ekologik loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yashil tashabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlashni o‘rgatuvchi sanoat ta’lim muassasalari, ekomarshrutlarni taklif etuvchi turistik joylar va boshqalar namoyish etiladi. Quyidagi bo‘limlarga alohida e’tibor qaratilmoqda: yashil shaharlar, toza texnologiyalar, ekomoliya, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek, yashil transport va obodonlashtirish.
Asosiy ko‘rgazmadan tashqari mehmonlarni ekspertlar va soha yetakchilarining taqdimotlari, mamlakatning tabiiy merosiga bag‘ishlangan videotanlov va fotoko‘rgazma, O‘zbekiston ekologiyasi haqidagi hujjatli film namoyishi, tabiat va inson uyg‘unligini aks ettiruvchi badiiy ko‘rgazmalar kutmoqda.