Velikaya Otechestvennaya voyna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
2025 yilda Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi keng nishonlanadi. O‘zbekistonda bayram sharafiga yubiley medali ta’sis etildi, faxriylarning uy-joylari ta’mirlanadi, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etadi.

O‘zbekistonliklar “G‘alaba diktanti”da ishtirok etishdi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevV Tashkente proshla patrioticheskaya aksiya "Diktant Pobedi"
V Tashkente proshla patrioticheskaya aksiya Diktant Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston bo‘ylab maxsus maydonlarda 600 dan ortiq kishi Ulug‘ Vatan urushi haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Toshkentdagi Rus uyida “G‘alaba diktanti” bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tarixiy aksiyada 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Shuningdek, aksiya Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari va Qarshi shahridagi 15-umumta’lim maktabida ham o‘tkazildi.
O‘zbekiston bo‘ylab 600 dan ortiq kishi oflayn rejimda ishtirok etdi. Shuningdek, onlayn rejimda ham “G‘alaba diktanti” savollariga javob berish mumkin bo‘ldi.
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskayaning ta’kidlashicha, bu tadbirda yildan yilga ko‘proq yoshlar ishtirok etmoqda.
Diktant test shaklida o‘tkazildi. Topshiriq 25 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning 20 tasi Ulug‘ Vatan urushining asosiy voqealari, sanalar va qahramonlar taqdiri haqidagi umumiy tarixiy savollar, 5 tasi o‘zbekistonlik qahramonlar haqida bo‘ldi.
Diktant natijalari bilan diktantpobedi.rf saytida maxsus kod orqali tanishish mumkin.
Toshkentdagi Rus uyida “G‘alaba diktanti” qanday o‘tgani haqida Sputnik O‘zbekiston videosida tanishing.
Aksiya Georgiyevskaya lentochka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
“Georgiy tasmasi” aksiyasi: tasma Rossiya va xorijdagi 8 mingdan oshiq joyda tarqatiladi
Yangiliklar lentasi
0