O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldi
10:30 26.04.2025 (yangilandi: 10:35 26.04.2025)
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanSostoyalos ocherednoe Sovmestnoe zasedanie Pravitelstvennix delegatsiy Respubliki Uzbekistan i Kirgizskoy Respubliki

© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Tomonlar “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portalida xabar berildi.
Yig‘ilish Toshkent shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev raisligida o‘tkazildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi loyiha chizig‘ining chegaraning oxirgi tartibga solinmagan uchastkasidan o‘tishi to‘g‘risidagi bayonnoma hamda O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasidagi “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.
Tomonlar “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi, o‘zbek tomoni buloqda shakllanadigan suv hajmining uchdan ikki qismidan foydalanishini ta’minlash hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni o‘zbek tomoni bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanSostoyalos ocherednoe Sovmestnoe zasedanie Pravitelstvennix delegatsiy Respubliki Uzbekistan i Kirgizskoy Respubliki

Sostoyalos ocherednoe Sovmestnoe zasedanie Pravitelstvennix delegatsiy Respubliki Uzbekistan i Kirgizskoy Respubliki
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Shuningdek, tomonlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida ikki mamlakat fuqarolarining “Chashma” bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.
Tomonlar qisqa muddat ichida O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasi uchastkasi to‘g‘risida shartnomani muvofiqlashtirish va imzolashga kelishib oldi.
Muzokaralar davomida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarning holati va ish tartibi bo‘yicha umumiy pozitsiyalar ham kelishib olindi. O‘tkazish punktlari bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilayotgan ikki tomonlama muzokaralarga yuqori baho berildi.
2004 yildagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imkon qadar tezroq imzolash muhimligi qayd etildi.
Tomonlar tez orada ikki mamlakat vakolatli organlari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi. Uchrashuv har doimgidek konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.