Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda transport va energetika sohasidagi integratsiyani rivojlantirish muhokama qilindi

© Sputnik / Ilya NaymushinGruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse
Gruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2025
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo transport koridorlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va umumiy energiya resurslari bozorlarini yaratish muhimligi qayd etildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev va Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri Bakit Sidikov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da transport va energetika sohasidagi integratsiyani rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Yevroosiyo transport koridorlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va umumiy energiya resurslari bozorlarini yaratish muhimligi qayd etildi.
“Uzluksiz jarayonlar va uzluksiz tashishni ta’minlash, ularning xavfsizligini oshirish, transport vositalarining ishlamay turish vaqtini qisqartirish va boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishning obyektiv zarurati bozor ishtirokchilarini intellektual transport tizimlarini faol joriy etishga undaydi”, — dedi Arzibek Kojoshev.
Ukladka jeleznodorojnogo polotna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2025
O‘zbekiston va YeOII
EIK temir yo‘l muhandisligi sohasida moliyaviy yordam mexanizmidan foydalanishni kuchaytiradi
Yangiliklar lentasi
0