Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbek xalqining Ulug‘ Vatan urushiga qo‘shgan hissasini hech qachon unutmaymiz

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya va O‘zbekiston Moliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturlari 2018-yildan buyon amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti direktori Vladimir Nazarov @SputnikUzbek matbuot markazida O‘zbekiston va Rossiya moliya institutlari hamkorligi hamda o‘zbek xalqining Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida aytib berdi.
"Biz o‘zbek xalqining Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaga qo‘shgan hissasini hech qachon unutmaymiz. O‘shanda O‘zbekistonning ikki million aholisi frontga ketgan. Respublikaga Sovet Ittifoqining turli hududlaridan minglab qochqinlar kelgan va ularni o‘zbek xalqi katta iliqlik va g‘amxo‘rlik bilan kutib olgan", — dedi u.
Vladimir Nazarov, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston moliya vazirliklari orasida hamkorlik 2018-yildan buyon amalga oshirilayotganini va uning uning asosiy maqsadi — O‘zbekiston moliya institutlarini mustahkamlash ekanini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0