https://oz.sputniknews.uz/20250424/xizmat-elektron-tolov-majburiy-49023202.html
Ayrim xizmatlarda elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lishi mumkin — tafsilotlar
Ayrim xizmatlarda elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lishi mumkin — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Strategik islohotlar agentligi biznes, IT-sohasi vakillari va ekspertlarning taklif va tashabbuslarni tahlil qilmoqchi. 24.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-24T10:31+0500
2025-04-24T10:31+0500
2025-04-24T10:33+0500
iqtisod
o‘zbekiston
naqd pul
elektron pullar
savdo
to‘lov
chiptalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47188743_0:75:1336:827_1920x0_80_0_0_e992cb25ebf86055acaec69d9618eca9.jpg
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Endilikda ayrim xizmat ko‘rsatish sohalarida hisob-kitob qilish usuli elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Strategik islohotlar agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z bordi. Qayd etilishicha, agentlik elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha moliyaviy sektor vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuvda "Click" asoschisi va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov, "Oson" yuridik direktori Dilshod Keldiyarov va "Paynet" bosh direktori Anvar Isamuhamedov ishtirok etdi. Tadbir davomida elektron to‘lovlarning boshqa hisob-kitob shakllariga nisbatan raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi omillar, shuningdek elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lishi lozim bo‘lgan sohalar ro‘yxatini kengaytirish zarurligi muhokama qilindi. Shuningdek, temir yo‘l chiptalari savdosi, kommunal to‘lovlar va marketpleyslar orqali xaridlar bo‘yicha 100 foiz naqdsiz hisob-kitob tizimiga o‘tish tashabbusi muhokama qilindi. Aytilishicha, Strategik islohotlar agentligi biznes, IT-sohasi vakillari va ekspertlar bilan muloqotni davom ettirib, barcha taklif va tashabbuslarni har tomonlama tahlil qiladi. Shuningdek, elektron to‘lovlar ulushini oshirish, zamonaviy va qulay to‘lov infratuzilmasini yaratish maqsadida ishlab chiqilayotgan prezident qarori loyihasini tayyorlash jarayonida inobatga olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250310/ozbekiston-elektron-tolov-48316980.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47188743_68:0:1268:900_1920x0_80_0_0_82776cdc1eb0116429d6792e07ec7122.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, naqd pul, elektron pullar, savdo, to‘lov, chiptalar
iqtisod, o‘zbekiston, naqd pul, elektron pullar, savdo, to‘lov, chiptalar
Ayrim xizmatlarda elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lishi mumkin — tafsilotlar
10:31 24.04.2025 (yangilandi: 10:33 24.04.2025) Strategik islohotlar agentligi biznes, IT-sohasi vakillari va ekspertlarning taklif va tashabbuslarni tahlil qilmoqchi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Endilikda ayrim xizmat ko‘rsatish sohalarida hisob-kitob qilish usuli elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Strategik islohotlar agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda
so‘z bordi. Qayd etilishicha, agentlik elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha moliyaviy sektor vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda "Click" asoschisi va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov, "Oson" yuridik direktori Dilshod Keldiyarov va "Paynet" bosh direktori Anvar Isamuhamedov ishtirok etdi.
Tadbir davomida elektron to‘lovlarning boshqa hisob-kitob shakllariga nisbatan raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi omillar, shuningdek elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lishi lozim bo‘lgan sohalar ro‘yxatini kengaytirish zarurligi muhokama qilindi.
“To‘lov tashkilotlari vakillari parkovkalar, avtoturargohlar va bozorlarda patent to‘lovlarini yig‘ish kabi ayrim sohalarda hanuzgacha naqd to‘lovlar ustunligini qayd etdi. Ushbu sohalarni elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritish taklifi ilgari surildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, temir yo‘l chiptalari savdosi, kommunal to‘lovlar va marketpleyslar orqali xaridlar bo‘yicha 100 foiz naqdsiz hisob-kitob tizimiga o‘tish tashabbusi muhokama qilindi.
“Ishtirokchilar bu kabi qadamlar hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirish bilan birga, naqd pulning yashirin aylanmasini kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, Strategik islohotlar agentligi biznes, IT-sohasi vakillari va ekspertlar bilan muloqotni davom ettirib, barcha taklif va tashabbuslarni har tomonlama tahlil qiladi. Shuningdek, elektron to‘lovlar ulushini oshirish, zamonaviy va qulay to‘lov infratuzilmasini yaratish maqsadida ishlab chiqilayotgan prezident qarori loyihasini tayyorlash jarayonida inobatga olinadi.