O‘zbekiston reniy metallini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

© AGMKV Uzbekistane zapustili promishlennoe proizvodstvo metallicheskogo reniya
V Uzbekistane zapustili promishlennoe proizvodstvo metallicheskogo reniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Obuna bo‘lish
OKMK: endi yiliga 3 tonna reniy ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda reniy metalli sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati matbuot xizmati.
Aytilishicha, kombinat olimlari va mutaxassislarining uzoq yillik izlanishlari natijasida 2021-yilda reniy metalli 99,9% sof holda olingan edi. Mazkur nodir metall Mis eritish zavodida tayyorlanadigan perrenat ammoniydan olinib, jarayon vodorod tiklash usuli bilan amalga oshirildi.
Kombinat biznes rejasiga ko‘ra, 2025-yilda ushbu mahsulotni sanoat miqyosida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Hozirda O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida reniyni ishlab chiqarish bo‘yicha uchastka tashkil etildi va xorijdan zamonaviy texnologik uskunalari o‘rnatildi.
“Reniy xom ashyosi Mis eritish zavodi va mahalliy sanoat korxonalaridan keltirilmoqda. OKMK tomonidan endi yiliga 3 tonna reniy ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, reniy Mendeleyev davriy jadvalida 75-o‘rinni egallab, o‘ziga xos noyob fizik-kimoviy xossalarga ega va ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi.
© AGMKV Uzbekistane zapustili promishlennoe proizvodstvo metallicheskogo reniya
V Uzbekistane zapustili promishlennoe proizvodstvo metallicheskogo reniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
V Uzbekistane zapustili promishlennoe proizvodstvo metallicheskogo reniya
Eng zich va qattiq metallardan biri bo‘lgan ushbu metall neftni qayta ishlash sanoatida katalizator tayyorlashda asosiy komponent hisoblanadi. Aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.
Yadro sanoatida esa ushbu metalldan termoparalar tayyorlashda foydalanilib, bu reaktorda yuqori haroratni o‘lchash imkonini beradi. Shuningdek, tibbiyotda turli og‘ir xastaliklarni davolashda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi maxsus uskunalarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Zargarlikda esa ushbu nodir metalldan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.
Jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan reniy metalining bugungi kunda o‘rtacha narxi qariyb 2000 (1 kg) dollarni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0