https://oz.sputniknews.uz/20250424/ozbekiston-galaba-bayram-pobedada-rossiya-49027724.html
O‘zbekiston fuqarosi “Pobeda” avtomobilida Rossiyaning qahramon shaharlarini aylanadi
O‘zbekiston fuqarosi “Pobeda” avtomobilida Rossiyaning qahramon shaharlarini aylanadi
Sputnik O‘zbekiston
Andrey Vladimirov - toshkentlik professional haydovchi. U 20-yildan ortiq vaqt davomida retro avtomobillarni qayta tiklashga qiziqadi. Ulardan biri - afsonaviy "Pobeda"da u Rossiyaning qahramon shaharlarini aylanish uchun 22-aprel kuni yo‘lga chiqdi.
2025-04-24T17:54+0500
2025-04-24T17:54+0500
2025-05-06T17:37+0500
video
o‘zbekiston
rossiya
g‘alaba
avtomobil
multimedia
g‘alaba bayrami
ulug‘ vatan urushi
g‘alabaning 80-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/18/49026479_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_5707031a60d64aee3d301a6a67124b74.jpg
Bunday bayram aksiyasini o‘tkazish g‘oyasi Andreyda yetti yil oldin paydo bo‘lgan. Uni "Pobeda"larda Markaziy Osiyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyurgan yugralik avtomobil ishqibozlari hayratga solgan edi.Dastlab sayohat G‘alabaning 75-yilligiga mo‘ljallangan edi va reja bo‘yicha Volgogradgacha yetib borib, u yerdagi faxriylarga hurmat bajo keltirish edi. Ammo keyin koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilishi mamlakatdan chiqishga to‘sqinlik qildi. Biroq Andreyning o‘zi tan olganidek, bu vaqt unga mashinani iloji boricha yaxshilashga imkon berdi.Mashinani safarga tayyorlash uchun uch yil vaqt ketdi. Butun jamoa Andreyni sayohatga tayyorladi: oilasi, qarindoshlari va do‘stlari. Hatto qo‘shnilari ham uni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.Bayram sayohatiga Andrey mexanik Timur Dolimboyev bilan chiqdi. Ularning yo‘nalishi Qizilo‘rda, Boyqo‘ng‘ir va Aralsk orqali Uralsk va Saratovga, so‘ngra Volgogradga boradi. U yerda Andrey brestlik ishqibozlar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Ular "Pobeda" va "GAZ"larda Volgograd orqali Sevastopolga yo‘l olishmoqda. Keyin Andrey yoki ularga qo‘shiladi, yoki G‘alaba kunida Moskvaga boradi.Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/18/49026479_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_2f9cc36e094c5043162c4d96c81c0a85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston g‘alaba bayrami aksiya pobeda
o‘zbekiston g‘alaba bayrami aksiya pobeda
O‘zbekiston fuqarosi “Pobeda” avtomobilida Rossiyaning qahramon shaharlarini aylanadi
17:54 24.04.2025 (yangilandi: 17:37 06.05.2025) Eksklyuziv
Andrey Vladimirov - toshkentlik professional haydovchi. U 20-yildan ortiq vaqt davomida retro avtomobillarni qayta tiklashga qiziqadi. Ulardan biri - afsonaviy "Pobeda"da u Rossiyaning qahramon shaharlarini aylanish uchun 22-aprel kuni yo‘lga chiqdi.
Bunday bayram aksiyasini o‘tkazish g‘oyasi Andreyda yetti yil oldin paydo bo‘lgan. Uni "Pobeda"larda Markaziy Osiyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyurgan yugralik avtomobil ishqibozlari hayratga solgan edi.
Dastlab sayohat G‘alabaning 75-yilligiga mo‘ljallangan edi va reja bo‘yicha Volgogradgacha yetib borib, u yerdagi faxriylarga hurmat bajo keltirish edi. Ammo keyin koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilishi mamlakatdan chiqishga to‘sqinlik qildi. Biroq Andreyning o‘zi tan olganidek, bu vaqt unga mashinani iloji boricha yaxshilashga imkon berdi.
Mashinani safarga tayyorlash uchun uch yil vaqt ketdi. Butun jamoa Andreyni sayohatga tayyorladi: oilasi, qarindoshlari va do‘stlari. Hatto qo‘shnilari ham uni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
Bayram sayohatiga Andrey mexanik Timur Dolimboyev bilan chiqdi. Ularning yo‘nalishi Qizilo‘rda, Boyqo‘ng‘ir va Aralsk orqali Uralsk va Saratovga, so‘ngra Volgogradga boradi. U yerda Andrey brestlik ishqibozlar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Ular "Pobeda" va "GAZ"larda Volgograd orqali Sevastopolga yo‘l olishmoqda. Keyin Andrey yoki ularga qo‘shiladi, yoki G‘alaba kunida Moskvaga boradi.
Batafsil –
Sputnik O‘zbekiston videosida.