Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Georgiy tasmasi” xalqaro aksiyasi boshlandi — video

Obuna bo‘lish
Bu yil “Georgiy tasmasi” aksiyasi Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirning o‘zi ham 20-yilligini nishonlamoqda.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. “Georgiy tasmasi” aksiyasining boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani Moskva — Simferopol videoko‘prigi formatida bo‘lib o‘tdi.
Bu yil “Georgiy tasmasi” aksiyasi Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirning o‘zi ham 20-yilligini nishonlamoqda.
Anjumanda quyidagi savollarga javob beriladi: 2025-yilda “Georgiy tasmasi” aksiyasining o‘ziga xos xususiyatlari qanday? O‘tgan 20-yil ichida u qanday yangi ma’nolarga ega bo‘ldi? Qanday an’analar paydo bo‘ldi?
Moskvadan ishtirokchilar:
"Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov;
"G‘alaba ko‘ngillilari" Butunrossiya jamoat tashkiloti markaziy shtab-kvartirasi raisi, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, jamoat va diniy birlashmalar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Olga Zanko;
Rossiya qahramoni, VGTRK maxsus muxbiri Yevgeniy Poddubniy;
Moskva shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vladimir Filippov;
"Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi maslahatchisi, aksiya muallifi Natalya Loseva.
Simferopoldan ishtirokchilar:
Rossiya qahramoni, "Qahramonlar vaqti" dasturi ishtirokchisi, Qrim Respublikasi Yoshlar siyosati davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Anton Starostin;
"G‘alaba ko‘ngillilari" Butunrossiya jamoat tashkilotining Qrim Respublikasidagi mintaqaviy bo‘limi ijrochi direktori Mariya Akuratova.
Aksiya RIA Novostida "Bizning g‘alabamiz. Kun sayin" tahririyat loyihasining davomi sifatida paydo bo‘lgan. Uning doirasida "Sovinformburo"ning butun arxivi topildi va birinchi marta raqamlashtirildi, ularning oilalari urushdan qanday ta’sirlangani haqida yuzlab yoshlarning hikoyalari to‘plandi. Ushbu hikoyalarning davomi sifatida "Esimda. Men faxrlanaman" aksiyasining mashhur shiori paydo bo‘ldi.
2022 yildan boshlab Rossiya Federatsiyasining Federal qonuni Rossiya harbiy shon-shuhratining ramzlaridan biri sifatida “Georgiy tasmasi” maqomini belgilab berdi. “Georgiy tasmasi” aksiyasi — urushga qarshi tashabbus bo‘lib, shunga qaramay, Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning ramzlaridan biri va Maxsus harbiy operatsiyaning ramzi hisoblanadi.
An’anaga ko‘ra, birinchi “Georgiy tasmasi” Zubovskiy bulvari 4-da xohlagan har bir kishiga tarqatiladi.
Yangiliklar lentasi
0