https://oz.sputniknews.uz/20250424/escap-eoii-hamkorlik-49024864.html
ESCAP YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
ESCAP YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi anglashuv memorandumini imzolashga tayyorligini tasdiqladi
2025-04-24T17:18+0500
2025-04-24T17:18+0500
2025-04-24T17:18+0500
yeoii
yeik
bmt
hamkorlik
o‘zbekiston va yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/18/49024672_0:61:1401:849_1920x0_80_0_0_f81c602e5119e8376f742d50c5b71b23.jpg
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi anglashuv memorandumini imzolashga tayyorligini tasdiqladi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.YeIKning iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov Tailandda Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishi, sarmoyaviy hamkorlik, samarali transport-logistika tarmog‘ini shakllantirish bilan bog‘liq bir qator asosiy jarayonlarni ta’minlash orqali Yevroosiyo mintaqasida barqaror rivojlanishga yordam beradi.Tashrif doirasida YeIK vaziri BMT bosh kotibi o‘rinbosari va ESCAP Ijrochi kotibi bilan uchrashdi. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish kontekstida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Qayd etilishicha, ESCAP komissiya, shuningdek, YeOII mamlakatlari bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Baxit Sultanov zamonaviy sinovlarni yengish va global o‘zgarishlarga moslashish uchun hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidladi.Ma’lumot uchun, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) 53 ta davlatni o‘z ichiga oladi, jumladan Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/18/49024672_94:0:1306:909_1920x0_80_0_0_1631c54f88a931156e7b26d590d4dccc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) osiyo va tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (escap)
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) osiyo va tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (escap)
ESCAP YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
YeIK va ESCAP yangi anglashuv memorandumini imzolashga tayyor.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi anglashuv memorandumini imzolashga tayyorligini tasdiqladi, deya xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. YeIKning iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov Tailandda Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi sessiyasida ishtirok etdi.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kechayotgan integratsiya jarayonlarining ta’siri unga a’zo davlatlardan tashqarida ham qo‘shni mintaqalar, jumladan, Markaziy Osiyoga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, — dedi Baxit Sultanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin harakatlanishi, sarmoyaviy hamkorlik, samarali transport-logistika tarmog‘ini shakllantirish bilan bog‘liq bir qator asosiy jarayonlarni ta’minlash orqali Yevroosiyo mintaqasida barqaror rivojlanishga yordam beradi.
Tashrif doirasida YeIK vaziri BMT bosh kotibi o‘rinbosari va ESCAP Ijrochi kotibi bilan uchrashdi. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish kontekstida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, ESCAP komissiya, shuningdek, YeOII mamlakatlari bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Baxit Sultanov zamonaviy sinovlarni yengish va global o‘zgarishlarga moslashish uchun hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidladi.
“O‘zaro anglashuv memorandumini tuzishga kelsak, tomonlar u global o‘zgarishlarga moslashish zarurligini inobatga olgan holda hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlari va maqsadlarini o‘z ichiga olishini tasdiqladi. Hujjatning imzolanishi YeIK va ESCAP o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) 53 ta davlatni o‘z ichiga oladi, jumladan Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekiston.