Samarqandlik veterinariya talabalari Sankt-Peterburgda amaliyot o‘taydi
14:03 23.04.2025 (yangilandi: 14:18 23.04.2025)
© SputnikStudenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sankt-Peterburg davlat veterinariya universiteti va Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘rtasida memarandum imzolandi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Samarqandlik veterinariya talabalari Sankt-Peterburgda amaliyot o‘taydi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Sankt-Peterburg davlat veterinariya universiteti rektori professor Kirill Plemashov boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.
© SputnikStudenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge

Studenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge
© Sputnik
Mehmonlar universitet faoliyati, ilmiy izlanishlari bilan tanishib, mavjud o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, vivariy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatorini ko‘zdan kechirdi.
Kirill Plemashovga Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori faxriy unvoni berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolashdi.
© SputnikStudenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge

Studenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge
© Sputnik
“Imzolangan hujjatga muvofiq, yangi o‘quv yilidayoq biz talabalar va aspirantlarni Sankt-Peterburgga “veterinariya-sanitariya ekspertizasi” yo‘nalishi bo‘yicha olti oylik malaka oshirishga yuboramiz. Ushbu mutaxassislik bugungi kunda juda dolzarbdir, chunki ushbu soha mutaxassislari hayvonlardan odamlarga hayvonlardan olingan mahsulotlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchilarimiz va laborantlarimiz ham Sankt-Peterburg universitetida o‘z malakalarini oshirishadi”, — dedi Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Odil Ochilov.
© SputnikStudenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge

Studenti-veterinari iz Samarkanda proydut stajirovku v Sankt-Peterburge
© Sputnik
Ikki universitet rektorlari ham Samarqand va Sankt-Peterburgda talabalarning yozgi oromgohlarini tashkil etishga kelishib olishdi.
Bugungi kunda Samarqand davlat veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dunyoning 93 ta oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, ulardan 20 tadan ortig‘i Rossiya universitetidir.