O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning 173 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (17,5%), Rossiyada (14,9%), Qozog‘istonda (5,9%), Turkiyada (3,5%) va Koreya Respublikasi (2,4%) qayd etilgan.
Yanvar-mart oyida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (10,9%), XXR (5,6%), Afg‘oniston (3,9%), Qozog‘iston (3,8%), Turkiya (3,1 %), Fransiya (2,7 %), BAA (1,8%), Tojikiston (1,3%), Qirg‘iz Respublikasi (1,2%) va Pokiston (1,1%) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 35,4 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston 151 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar XXR (27,9%), Rossiya (18,4%), Qozog‘iston (7,8%), Koreya Respublikasi (4,4%), Turkiya (3,9%), Germaniya (3,4%) va Hindiston (2,7%) jami importning 2/3 qismini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0