O‘zbekistonning qaysi hududlariga xorijiy sarmoyalar ko‘proq jalb qilinmoqda?

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, shu yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 120,4 trillion so‘mga teng bo‘ldi. Ularning 71 foizini xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil etdi.
Har bir viloyat bo‘yicha moliyalashtirishning foiz nisbatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, xorijiy investitsiyalar va kreditlarning eng katta ulushi – viloyatga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 84,0 foizi Sirdaryo viloyatiga yo‘naltirilgan.
Ikkinchi o‘rinda - Namangan viloyati (82,7 foiz), uchinchi o‘rinda - Surxondaryo viloyati (80,3 foiz). Xorijiy investitsiyalar va kreditlarning foizda eng kam hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi – 50,7%.
Mutlaq ko‘rsatkichlarda eng ko‘p xorijiy moliyalashtirish Toshkent viloyati (11,3 trillion so‘m), Namangan viloyati (10,3 trillion so‘m) va Toshkent shahri (8,6 trillion so‘m) tomonidan olingan. Xorijiy investitsiyalar va kreditlarning eng kam miqdori Xorazm viloyatiga – 2,4 trillion so‘m yo‘naltirildi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0