https://oz.sputniknews.uz/20250422/yadro-tadqiqot-institut-fanlar-akademiya-kelishuv-48992958.html
Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti va Fanlar akademiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti va Fanlar akademiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Samarqandda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlari bo‘lib o‘tmoqda. 22.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-22T14:16+0500
2025-04-22T14:16+0500
2025-04-22T14:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/16/48992567_0:95:960:635_1920x0_80_0_0_7e1068ed6185099235f6b3c025dee0fd.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI) kunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Toshkent va Samarqandda O‘zbekistonda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda fanlar akademiyasi, YaTBI laboratoriyalarining yetakchi olimlari, Dubna universiteti va Moskva davlat universitetining Dubna filiali vakillari ishtirok etmoqda. Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda YaTBI va Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha umumiy kelishuv imzolandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yadroviy fizika instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining institutlari bilan hamkorlik jadal davom etmoqda. Akademik institutlarda yetakchi olimlarning ishchi tashriflari va ma’ruzalari tashkil etiladi, ularning maqsadi YaTBI laboratoriyalari bilan ikki tomonlama ilmiy aloqalarni chuqurlashtirishdan iborat. Qayd etilishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining nazorat uchastkalarida YaTBI mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan nozik inklinometrlarni o‘rnatish va ishga tushirish ishlari rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI) 1956-yil 26-martdagi davlatlararo “Yadroviy tadqiqotlar to‘g‘risida”gi shartnoma asosida tashkil etilgan. 2025-yil 1-yanvar holatiga Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 15 ta davlati YaTBIning doimiy a’zolari hisoblanadi. Yana 5 ta davlat YaTBIning assotsiatsiyalangan a’zolari hisoblanadi. 1992-yildan boshlab O‘zbekiston YaTBIning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi. YaTBIning besh nafar bitiruvchisi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (U.G‘.G‘ulomov, A.A.Abdurazoqov, Q.G‘.G‘ulomov, T.M.Mo‘minov, B.S.Yo‘ldoshev) bo‘ldi va turli yillarda O‘zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga rahbarlik qildi. Ayni paytda O‘zbekistondan 17 nafar mutaxassis (4 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodi) YaTBIda uzoq muddatli asosda ishlab, ilmiy dasturini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/16/48992567_0:5:960:725_1920x0_80_0_0_e51627435dcdf114b32022d5ef7df31a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , rossiya
Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti va Fanlar akademiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
Eksklyuziv
Toshkent va Samarqandda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI) kunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent va Samarqandda O‘zbekistonda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda fanlar akademiyasi, YaTBI laboratoriyalarining yetakchi olimlari, Dubna universiteti va Moskva davlat universitetining Dubna filiali vakillari ishtirok etmoqda.
Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda YaTBI va Fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha umumiy kelishuv imzolandi.
"Biz O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnik universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Samarqand davlat universiteti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qilamiz", — dedi YaTBI direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Grigoriy Trubnikov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yadroviy fizika instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining institutlari bilan hamkorlik jadal davom etmoqda. Akademik institutlarda yetakchi olimlarning ishchi tashriflari va ma’ruzalari tashkil etiladi, ularning maqsadi YaTBI laboratoriyalari bilan ikki tomonlama ilmiy aloqalarni chuqurlashtirishdan iborat.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining nazorat uchastkalarida YaTBI mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan nozik inklinometrlarni o‘rnatish va ishga tushirish ishlari rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YaTBI) 1956-yil 26-martdagi davlatlararo “Yadroviy tadqiqotlar to‘g‘risida”gi shartnoma asosida tashkil etilgan. 2025-yil 1-yanvar holatiga Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 15 ta davlati YaTBIning doimiy a’zolari hisoblanadi. Yana 5 ta davlat YaTBIning assotsiatsiyalangan a’zolari hisoblanadi. 1992-yildan boshlab O‘zbekiston YaTBIning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.
YaTBIning besh nafar bitiruvchisi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (U.G‘.G‘ulomov, A.A.Abdurazoqov, Q.G‘.G‘ulomov, T.M.Mo‘minov, B.S.Yo‘ldoshev) bo‘ldi va turli yillarda O‘zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga rahbarlik qildi. Ayni paytda O‘zbekistondan 17 nafar mutaxassis (4 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodi) YaTBIda uzoq muddatli asosda ishlab, ilmiy dasturini amalga oshirishda bevosita ishtirok etmoqda.