Cho‘l qo‘ynidagi yashil voha: Buxoro yaqinidagi ekosayyohlik maskanidan yorqin tasvirlar
Cho‘l qo‘ynidagi yashil voha: Buxoro yaqinidagi ekosayyohlik maskanidan yorqin tasvirlar
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro nafaqat Islom madaniyati markazi, balki boy tabiiy resurslarga ega ekoturizm maskaniga ham aylanmoqda. Buning yorqin misollaridan biri — “Varnet Buxoro” botanika bog‘i.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik, Bahrom Hatamov. Buxoro nafaqat Islom madaniyati markazi, balki boy tabiiy resurslarga ega ekoturizm maskaniga ham aylanmoqda. Bunga Buxoro markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan “Buxoro Varnet" botanika bog‘ini misol qilish mumkin. Ochiq va yopiq issiqxona zonalariga ega bo‘lgan bu bog‘da 10 mingdan ziyod o‘simlik turlari, rang-barang gullar, ekzotik daraxtlar hamda mukammal landshaft dizayni jamlangan. Majmua yopiq holatda bo‘lgani uchun to‘rt faslda ham bir xil go‘zallik va havo sifati saqlanadi. Bu yerda nafaqat yashil xiyobonlar bo‘ylab sayr qilish, balki noyob qushlar, baliqlar va ekzotik mevalarni uchratish ham mumkin.Bog‘da bolalar uchun maxsus o‘yin maydonlari, konsert zallari, oilaviy hordiq chiqarish joylari ham bor. Shuningdek, nogironligi bo‘lganlar va keksalar uchun maxsus aravacha xizmati bepul taqdim etiladi. Bog‘ kuniga 2000 nafargacha tashrif buyuruvchilarni qabul qilish imkoniga ega.
Endi Buxoro tarix va artefaktlarni sevuvchilarni o‘ziga jalb qilish bilan birga, cho‘l kengliklarini yashil mo‘’jizaga aylantirgan noyob ekoturizm maskanini ham taklif etmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik, Bahrom Hatamov. Buxoro nafaqat Islom madaniyati markazi, balki boy tabiiy resurslarga ega ekoturizm maskaniga ham aylanmoqda. Bunga Buxoro markazidan 15 km uzoqlikda joylashgan “Buxoro Varnet" botanika bog‘ini misol qilish mumkin.
Ochiq va yopiq issiqxona zonalariga ega bo‘lgan bu bog‘da 10 mingdan ziyod o‘simlik turlari, rang-barang gullar, ekzotik daraxtlar hamda mukammal landshaft dizayni jamlangan. Majmua yopiq holatda bo‘lgani uchun to‘rt faslda ham bir xil go‘zallik va havo sifati saqlanadi. Bu yerda nafaqat yashil xiyobonlar bo‘ylab sayr qilish, balki noyob qushlar, baliqlar va ekzotik mevalarni uchratish ham mumkin.
Bog‘da bolalar uchun maxsus o‘yin maydonlari, konsert zallari, oilaviy hordiq chiqarish joylari ham bor. Shuningdek, nogironligi bo‘lganlar va keksalar uchun maxsus aravacha xizmati bepul taqdim etiladi. Bog‘ kuniga 2000 nafargacha tashrif buyuruvchilarni qabul qilish imkoniga ega.
Bog‘dagi har bir burchak — suratga tushish uchun ajoyib maskan. E’tiboringizni, ayniqsa, tovuslar jalb qiladi — ular bemalol mehmonlar orasida yuradi, qo‘rqmaydi, aksincha o‘rganib ketgan
Bog‘dagi har bir burchak — suratga tushish uchun ajoyib maskan. E’tiboringizni, ayniqsa, tovuslar jalb qiladi — ular bemalol mehmonlar orasida yuradi, qo‘rqmaydi, aksincha o‘rganib ketgan
Bu yerda dunyoda kam uchraydigan papaya mevasi yetishtiriladi. Uning nafaqat ta’mi, balki shifobaxsh xususiyatlari ham keluvchilarni hayratda qoldiradi. Mehmonlar bevosita papayadan tatib ko‘rishlari, sotib olishlari va parvarishi bilan tanishishlari mumkin

Bog‘da tabiat qo‘ynida turkcha taomlardan bahramand bo‘lish mumkin. Qariyb bozor narxidan arzonroq turkcha desertlar — xolva, lokum, baklava va turli nonushtalar maxsus taomnomaga kiritilgan. Albatta, mashhur turk choyini tatib ko‘rishni ham unutmang!