https://oz.sputniknews.uz/20250422/toshkent-viloyat-golf-komplek-48993999.html
Toshkent viloyatida yirik golf kompleksi quriladi
Toshkent viloyatida yirik golf kompleksi quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Golf kompleksini qurish bo‘yicha Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 22.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-22T16:10+0500
2025-04-22T16:10+0500
2025-04-23T13:32+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1231/31/12313129_0:68:3001:1756_1920x0_80_0_0_f1c03813e2901ad12b9b0ea27677c017.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Malayziya bilan hamkorlikda yirik golf kompleksi qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Aytilishicha, ayni kunlarda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada bo‘lib turibdi. Ushbu yirik loyiha uchun 100 gektar atrofida maqbul yer maydoni ajratilishi, uni zamonaviy talablar asosida kurort zonaga aylantirish borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Loyiha uchun taklif etilgan hududlar: Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari. Delegatsiya a’zolari tabiiy shakarni qayta ishlab undan kaloriyasiz granulalar olish loyihasi, shuningdek, vegeterian proteindan go‘sht va tez tayyor bo‘luvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan ham muloqotlar o‘tkazadi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1231/31/12313129_284:0:2715:1823_1920x0_80_0_0_a2ed383b9512943179d96fd51b4ecbb5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, malayziya, toshkent viloyati
jamiyat, o‘zbekiston, malayziya, toshkent viloyati
Toshkent viloyatida yirik golf kompleksi quriladi
16:10 22.04.2025 (yangilandi: 13:32 23.04.2025) Golf kompleksini qurish bo‘yicha Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Malayziya bilan hamkorlikda yirik golf kompleksi qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati. Aytilishicha, ayni kunlarda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada bo‘lib turibdi.
“Ular bir qator yirik ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashmoqda. “The Mines Resort and Golf Club” kompaniyasi bilan o‘tgan muzokaralarda Toshkent viloyatida zamonaviy golf klubi va mehmonxona majmuasini qurish loyihasi borasida kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu yirik loyiha uchun 100 gektar atrofida maqbul yer maydoni ajratilishi, uni zamonaviy talablar asosida kurort zonaga aylantirish borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Loyiha uchun taklif etilgan hududlar: Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari.
Delegatsiya a’zolari tabiiy shakarni qayta ishlab undan kaloriyasiz granulalar olish loyihasi, shuningdek, vegeterian proteindan go‘sht va tez tayyor bo‘luvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari bilan ham muloqotlar o‘tkazadi.