https://oz.sputniknews.uz/20250422/toshkent-davlat-pedagogika-universitet-transformatsiya-48986194.html
Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinadi
Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 22.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-22T09:16+0500
2025-04-22T09:16+0500
2025-04-22T09:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
otm
ta’lim
universitet
maktab
islom taraqqiyot banki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_0:129:3103:1874_1920x0_80_0_0_f48e34b6986bd8f2564e145ff4e57553.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Qayd etilishicha, mamlakatda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yo‘nalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida. Qabullarning katta qismini ijtimoiy yo‘nalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi ta’limda o‘qiyapti. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik o‘qituvchilar va 30 nafar ziyolilar faoliyat yuritmoqda. Talabalar o‘zlarining turli yo‘nalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard so‘mlik grantlar jalb qilgan. Aytilishicha, hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil budjet hisobidan 112 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etiladi. Aholi o‘sishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan. Tahlillarga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha muayan ishlar olib borilayapti. Lekin, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli. Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni ko‘paytirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_122:0:2853:2048_1920x0_80_0_0_e64eaec3171f4d078d212c9ba6c11b99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, otm, ta’lim, universitet, maktab, islom taraqqiyot banki
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, otm, ta’lim, universitet, maktab, islom taraqqiyot banki
Toshkent davlat pedagogika universiteti transformatsiya qilinadi
Prezident ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, mamlakatda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yo‘nalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.
Qabullarning katta qismini ijtimoiy yo‘nalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi ta’limda o‘qiyapti.
“Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik o‘qituvchilar va 30 nafar ziyolilar faoliyat yuritmoqda. Talabalar o‘zlarining turli yo‘nalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard so‘mlik grantlar jalb qilgan.
“Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi. Shuningdek, oliygohda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil budjet hisobidan 112 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil etiladi. Aholi o‘sishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.
Tahlillarga ko‘ra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha muayan ishlar olib borilayapti. Lekin, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.
Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni ko‘paytirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.