O‘zbekiston YaIM qanchaga o‘sdi — infografika

Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, YaIM o‘sishi 6,8 foizni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etdi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi 6,8 foizni tashkil etdi va bu mamlakat iqtisodiyotidagi ijobiy dinamikani aks ettirdi.
2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy holati quyidagicha:
yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 106,8 %;
sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 106,5 %;
qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 110,8 %;
chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 109,5 %;
bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 112,6 %;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati – 103,8 %;
tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 108,6 %;
eksportning o‘sish sur’ati – 124,4 %;
importning o‘sish sur’ati – 97,7 %;
faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (2025 yil 1-aprel holatiga) – 442 402 ta;
transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 102 %;
transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 104,3 % ;
aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 109,8 %;
doimiy aholi soni (2025 yil 1-aprel holatiga) – 37,7 mln kishi.
Yangiliklar lentasi
0