https://oz.sputniknews.uz/20250421/oav-ilon-mask-aqsh-hukumat-48983014.html
OAV: Ilon Mask AQSh hukumatidan ketmoqchi
OAV: Ilon Mask AQSh hukumatidan ketmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
OAV: Mask chapdan kelayotgan hujumlardan charchagan. 21.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-21T19:18+0500
2025-04-21T19:18+0500
2025-04-21T19:18+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
ilon mask
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/10/45231658_0:50:1195:722_1920x0_80_0_0_4c723d5ba5d3bbf7fb0d6316cd16eb65.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQSh Hukumat Samaradorligi Departamenti (DOGE) rahbari, tadbirkor Ilon Mask AQSh hukumatidagi ishini tark etmoqchi, chunki u "chapdan hujumlar" dan charchagan. Bu haqda Washington Post gazetasi anonim manbaga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti. Nashrda qayd etilganidek, Maskning maxsus davlat xodimi sifatidagi maqomi shu yilning may oyida tugaydi va bu muddat uzaytiriladimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas. Shu bilan birga, Mask hozirda u rahbarlik qilayotgan DOGE kompaniyasining kelajakdagi ishi haqida qayg‘urmaydi, chunki uning jamoasi a’zolari allaqachon "ko‘plab federal agentliklarda" o‘zini namoyon qilgan, deb yozadi gazeta. Oq uyning ismini oshkor etmagan yuqori martabali mulozimining aytishicha, DOGE "o‘zlari uchun gapiradigan" tarixiy natijalarga erishgan. USAID bioqurol tadqiqotlarini moliyalashtirgan — MaskAQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan yaratilgan DOGE “behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish va federal agentliklarni qayta qurish” uchun mo‘ljallangan. AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson avvalroq Hukumat samaradorligi idorasi AQSh hukumatining Kongress tomonidan tasdiqlanmagan “hayratlanarli” xarajatlarini aniqlaganini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250309/mask-starlink-ukraina-armiya-48313887.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/10/45231658_0:0:1195:897_1920x0_80_0_0_e4c8f1f02bd18b65b1239a95e676477a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, ilon mask
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, ilon mask
OAV: Ilon Mask AQSh hukumatidan ketmoqchi
OAV: Mask chapdan kelayotgan hujumlardan charchagan.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQSh Hukumat Samaradorligi Departamenti (DOGE) rahbari, tadbirkor Ilon Mask AQSh hukumatidagi ishini tark etmoqchi, chunki u "chapdan hujumlar" dan charchagan. Bu haqda Washington Post gazetasi anonim manbaga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Nashrda qayd etilganidek, Maskning maxsus davlat xodimi sifatidagi maqomi shu yilning may oyida tugaydi va bu muddat uzaytiriladimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.
“(Mask – tahr.) chapdan kelayotgan noxush va axloqqa zid hujumlar oqimi deb hisoblagan narsadan charchagani uchun ketmoqchi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Shu bilan birga, Mask hozirda u rahbarlik qilayotgan DOGE kompaniyasining kelajakdagi ishi haqida qayg‘urmaydi, chunki uning jamoasi a’zolari allaqachon "ko‘plab federal agentliklarda" o‘zini namoyon qilgan, deb yozadi gazeta. Oq uyning ismini oshkor etmagan yuqori martabali mulozimining aytishicha, DOGE "o‘zlari uchun gapiradigan" tarixiy natijalarga erishgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan yaratilgan DOGE “behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish va federal agentliklarni qayta qurish” uchun mo‘ljallangan. AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson avvalroq Hukumat samaradorligi idorasi AQSh hukumatining Kongress tomonidan tasdiqlanmagan “hayratlanarli” xarajatlarini aniqlaganini aytgan edi.