https://oz.sputniknews.uz/20250421/futbol-jasorat-mirziyoev-tabrik-48977239.html
O‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi kurash olib borgani jasorat namunasi bo‘ldi — Mirziyoyev
O‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi kurash olib borgani jasorat namunasi bo‘ldi — Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Prezident shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham futbolchilar munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirdi. 21.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-21T12:05+0500
2025-04-21T12:05+0500
2025-04-21T12:05+0500
sport
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
futbol
tabrik
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37531053_0:131:1280:851_1920x0_80_0_0_e57b049b6ca3932c8072512a223f8384.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Avval xabar berilganidek, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mezbon jamoani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.Qayd etilishicha, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, o‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borgani chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi.Shavkat Mirziyoyev tabrikda, shuningdek, futbolchilarning ota-onalari va ustoz-murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.Qolaversa, prezident shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham futbolchilar Osiyoning g‘olib jamoasi sifatida munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250421/futbol-ozbekiston-saudiya-arabistoni-48973761.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37531053_134:166:1047:851_1920x0_80_0_0_0f9f039f2ad866fb71590f33d81af3a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, futbol, tabrik, shavkat mirziyoyev
sport, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, futbol, tabrik, shavkat mirziyoyev
O‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi kurash olib borgani jasorat namunasi bo‘ldi — Mirziyoyev
Prezident shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham futbolchilar munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Avval xabar berilganidek, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mezbon jamoani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
“ O‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Caudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak sovrin – Osiyo kubogini qo‘lga kiritganingiz bilan xalqimiz nomidan, o‘z nomimdan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizning butun turnir davomida bironta ham mag‘lubiyatga uchramasdan, rekord natija ko‘rsatib, jonajon Vatanimiz sharafini mardona himoya qilganlari, hech shubhasiz, milliy futbolimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan shonli voqea, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, — deyiladi tabrik matnida.
Qayd etilishicha, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, o‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borgani chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi.
“Musobaqa yakuniga ko‘ra, uch nafar iste’dodli va mohir sportchi yakka tartibdagi sovrinlar egasi bo‘lgani, jumladan, Ne’matulloh Rustamjonov – turnirning eng yaxshi darvozaboni, Asilbek Aliyev – eng yaxshi to‘purari, Sadriddin Hasanov – eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilganini ham alohida ta’kidlash lozim”, — dedi prezident o‘z tabrigida.
Shavkat Mirziyoyev tabrikda, shuningdek, futbolchilarning ota-onalari va ustoz-murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
Qolaversa, prezident shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham futbolchilar Osiyoning g‘olib jamoasi sifatida munosib ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.