Anqarada Ahmad al-Farg‘oniyning busti o‘rnatildi
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanObraz velikogo uchenogo Axmeda Al-Fergani uvekovecheno v Ankare

© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston madaniyat vazirligi vakillari Al-Farg‘oniy bustining ochilish marosimida ishtirok etishdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Anqara shahrida olim, ilm-fan va ma’rifat ramziga aylangan Ahmad Al-Farg‘oniy bustining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Marosimda turli davlatlardan delegatsiya a’zolari hamda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ushbu tadbir O‘zbekiston va xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – Turksoy sa’y-harakatlari tufayli amalga oshirildi.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanObraz velikogo uchenogo Axmeda Al-Fergani uvekovecheno v Ankare

Obraz velikogo uchenogo Axmeda Al-Fergani uvekovecheno v Ankare
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistan
“Bugun buyuk allomaning busti Turkiya poytaxti — Anqara shahrida ochilayotgani katta ramziy ma’noga ega. Chunki O‘zbekiston va Turkiya xalqlari nafaqat tarixan, balki qalban ham yaqindirlar. Shu o‘rinda, mazkur bustning o‘rnatilishi munosabati bilan Turkiya Respublikasi Hukumatiga, turk xalqiga Madaniyat vazirligi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman" — dedi Avazxon Tadjixanov.
“Dunyo” AAga ko‘ra, TURKSOY bosh kotibi o‘rinbosari Sayid Yusuf Ahmad al-Farg‘oniyning astronomiya, geografiya va matematika sohalaridagi kashfiyotlari jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga alohida to‘xtaldi.
"Turkiy davlatlar hamjihatligi ramzi sifatida ushbu bustni o‘rnatish tashabbusi yuksak e’tirofga loyiq", — dedi u.
Ma’lumot uchun, buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg‘oniy 797-865 yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlariga oid ko‘plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan. Farg‘oniy “Miqyosi Nil”, ya’ni suv sathini o‘lchaydigan asbob yaratgan.