https://oz.sputniknews.uz/20250420/ukraina-qoshin-pasxa-sulh-mudofaa-vazirlik-48969107.html
Ukraina qo‘shinlari Pasxa sulhini buzdi — Mudofaa vazirligi
Ukraina qo‘shinlari Pasxa sulhini buzdi — Mudofaa vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli Kuchlari Pasxa sulhini buzgani haqida xabar berdi. 20.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-20T16:00+0500
2025-04-20T16:00+0500
2025-04-20T16:00+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48734439_0:134:3163:1913_1920x0_80_0_0_7e8bfee0ca31fc98adfa19e88625ef85.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina qo‘shinlari prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan Pasxa sulhining boshlanishidan buyon o‘t ochishni to‘xtatish tartibini bir necha bor buzdi.Bundan tashqari, tunda Ukraina Qurolli kuchlari 48 ta drondan, shu jumladan, Qrim hududida bittadan foydalangan. Dushman shuningdek, rus armiyasining pozitsiyalariga o‘q va minomotlardan 444-marta o‘q uzdi, kvadrokopterlar bilan 900-marta zarba berdi va turli o‘q-dorilarni tashladi.Dushman shuningdek, Bransk, Kursk va Belgorod viloyatlarining chegara hududlariga ham hujum qildi: 12 ta o‘q otish, 33 ta uchuvchisiz havo zarbasi va 7 ta o‘q-dorilar.Shu bilan birga, maxsus harbiy operatsiya zonasidagi Rossiya qo‘shinlarining barcha guruhlari 19-aprel kuni soat 18:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy rioya qildi va avval egallab olingan chiziq va pozitsiyalarda qoldi, deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 19-aprel kuni Pasxa munosabati bilan barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurdi. Sulh Moskva vaqti bilan soat 18:00 dan boshlangan va yakshanba kuni tun yarimgacha, ya’ni dushanba boshlanguncha davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250420/ozbekiston-ukraina-pasxa-sulh-tiv-48964685.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48734439_217:0:2948:2048_1920x0_80_0_0_884771838db2f473b6b4ed3ebe03c14b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, ukraina, rossiya mudofaa vazirligi
Ukraina qo‘shinlari Pasxa sulhini buzdi — Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli Kuchlari Pasxa sulhini buzgani haqida xabar berdi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina qo‘shinlari prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan Pasxa sulhining boshlanishidan buyon o‘t ochishni to‘xtatish tartibini bir necha bor buzdi.
“Pasxa bayrami sulh e’lon qilinganiga qaramay, Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari tunda Donesk Xalq Respublikasining Suxaya-Balka va Bogatir aholi punktlari hududlarida Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga hujum qilishga urindi, ular qaytarildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, tunda Ukraina Qurolli kuchlari 48 ta drondan, shu jumladan, Qrim hududida bittadan foydalangan. Dushman shuningdek, rus armiyasining pozitsiyalariga o‘q va minomotlardan 444-marta o‘q uzdi, kvadrokopterlar bilan 900-marta zarba berdi va turli o‘q-dorilarni tashladi.
Dushman shuningdek, Bransk, Kursk va Belgorod viloyatlarining chegara hududlariga ham hujum qildi: 12 ta o‘q otish, 33 ta uchuvchisiz havo zarbasi va 7 ta o‘q-dorilar.
“Oqibatda tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar, shuningdek, fuqarolik obyektlariga yetkazilgan zararlar kuzatilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Shu bilan birga, maxsus harbiy operatsiya zonasidagi Rossiya qo‘shinlarining barcha guruhlari 19-aprel kuni soat 18:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat’iy rioya qildi va avval egallab olingan chiziq va pozitsiyalarda qoldi, deya ta’kidladi Mudofaa vazirligi.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 19-aprel kuni Pasxa munosabati bilan barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurdi. Sulh Moskva vaqti bilan soat 18:00 dan boshlangan va yakshanba kuni tun yarimgacha, ya’ni dushanba boshlanguncha davom etadi.