Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, yaxshilik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi — Putin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPasxalnoe bogoslujenie v xrame Xrista Spasitelya
Pasxalnoe bogoslujenie v xrame Xrista Spasitelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi rahbari barcha pravoslav nasroniylarni Pasxa bayrami bilan tabrikladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, yaxshilik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pasxa bayrami munosabati bilan Kreml saytida e’lon qilingan tabrigida ma’lum qilindi.
"Ulug‘ Pasxa bayrami bizga sevgi va umid, ezgulik va adolatga ishonch bag‘ishlaydi, bizni mustahkam ma’naviy va axloqiy ideallar atrofida birlashtiradi", — ta’kidladi Rossiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har doimgidek bugungi kunda ham rus pravoslav cherkovi va boshqa nasroniy konfessiyalari odamlar o‘rtasida ijtimoiy totuvlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashda katta, ilhomlantiruvchi rol o‘ynamoqda.
Rossiya Federatsiyasi rahbari diniy tashkilotlarning sa’y-harakatlarini alohida qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy vatanparvarlik, xayriya va ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan diniy tashkilotlarning sa’y-harakatlari, albatta, eng samimiy e’tirofga loyiq.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev posetili visokogorniy klaster Medeu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2025
Pasxa insonparvarlik qadriyatlarini eslatadi – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0