https://oz.sputniknews.uz/20250420/ozbekiston-boks-rossiya-turnir-48966868.html
O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi turnirda 16 ta medalga ega chiqishdi
O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi turnirda 16 ta medalga ega chiqishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. 20.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-20T14:21+0500
2025-04-20T14:21+0500
2025-04-20T14:21+0500
sport
rossiya
o‘zbekiston
boks
musobaqa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/14/48965834_0:43:960:583_1920x0_80_0_0_01bf6af90917e3ca66ab30c0794d0320.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi turnirda 16 ta medal qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.Bu yil turnir ayniqsa ramziy ma’noga ega, chunki u ikki muhim sana Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga va Xabarovsk boksining 100-yilligiga to‘g‘ri keldi.Musobaqa Uzoq Sharq mintaqasidagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, an’anaviy tarzda eng kuchli sportchilarni birlashtirdi. Unda Rossiya, Mo‘g‘uliston, Tunis, Qozog‘iston, Iroq, Tojikiston, O‘zbekiston, Senegal, Kongo, Kuba, KXDR, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Belarus va Gruziya kabi 16 davlatdan 150 nafardan ortiq sportchi medallar uchun kurash olib bordi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/14/48965834_63:0:898:626_1920x0_80_0_0_0eb81b6a5b2533966e883a0b85d9b85c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, rossiya, o‘zbekiston, boks, musobaqa
sport, rossiya, o‘zbekiston, boks, musobaqa
O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi turnirda 16 ta medalga ega chiqishdi
O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi turnirda 16 ta medal qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medal: -75 kg: Aziza Zokirova, -63,5 kg: Abdulloh Madaminov, -75 kg: Nurislom Ismoilov, -86 kg: Nusratbek Tohirov.
Kumush medal: -50 kg: Gulsevar G‘aniyeva, -60 kg: Shohruh Abdumalikov, -71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov, -80 kg: Rahmatillo Boymatov, -86 kg: Shohjahon Abdullayev.
Bronza medal: -57 kg: Xumorabonu Mamajonova, -60 kg: Rashida Tagirova, -66 kg: Aysanem Saruarova, -54 kg: Farozbek Do‘smatov, -57 kg: Sanjar Vahobov, -63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov, -71 kg: Asilbek Abdurahmonov.
Bu yil turnir ayniqsa ramziy ma’noga ega, chunki u ikki muhim sana Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga va Xabarovsk boksining 100-yilligiga to‘g‘ri keldi.
Musobaqa Uzoq Sharq mintaqasidagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib, an’anaviy tarzda eng kuchli sportchilarni birlashtirdi. Unda Rossiya, Mo‘g‘uliston, Tunis, Qozog‘iston, Iroq, Tojikiston, O‘zbekiston, Senegal, Kongo, Kuba, KXDR, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Belarus va Gruziya kabi 16 davlatdan 150 nafardan ortiq sportchi medallar uchun kurash olib bordi.