AQSh va Eron o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi — OAV

© ATTA KENAREIranskie flagi razvevayutsya vo vremya seremonii otkritiya novogo oborudovaniya i infrastrukturi 25-fevralya 2019 goda v portu Shaxid Bexeshti v yugo-vostochnom iranskom pribrejnom gorode Chabaxar v Omanskom zalive.
Iranskie flagi razvevayutsya vo vremya seremonii otkritiya novogo oborudovaniya i infrastrukturi 25-fevralya 2019 goda v portu Shaxid Bexeshti v yugo-vostochnom iranskom pribrejnom gorode Chabaxar v Omanskom zalive.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2025
Obuna bo‘lish
Rimda AQSh va Eron muzokaralarining navbatdagi raunti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. AQSh va Eron o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining anonim yuqori lavozimli amaldoriga tayanib, The Washington Post gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bugun Rimda to‘rt soatdan ortiq davom etgan muzokaralarning ikkinchi raundi davomida biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita muhokamalarimizda juda yaxshi yutuqlarga erishdik”, — deyiladi maqolada.
Eron tashqi ishlar vazirining shanba kuni xabar berishicha, muzokaralarning uchinchi raundi 26-aprel kuni, texnik guruhlarning ekspertlar darajasidagi uchrashuvi esa 23-aprel, chorshanba kuni O‘monda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
OAVga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar Tehronning tinch yadroviy energetikani rivojlantirish huquqini saqlab qolgan holda, Eronni yadroviy qurol yaratish niyatidan ozod qilish va sanksiyalarni to‘liq olib tashlashni kafolatlaydigan adolatli, doimiy kelishuvga erishish uchun keyingi bosqichga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tami, 12-aprel kuni Ummonda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffva Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0