O‘zbekistonlik yengil atletikachilar tarixda ilk bor Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi
© NOK Uzbekistana Sbornaya Uzbekistana zanyala vtoroe mesto v obshekomandnom zachete na ChA po legkoy atletike.

© NOK Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar ilk bor qit’a chempionatida ikkinchi natijani qayd etishdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar tarixda ilk bor Osiyo chempionatida ikkinchi bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yengil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
© NOK Uzbekistana Sbornaya Uzbekistana zanyala vtoroe mesto v obshekomandnom zachete na ChA po legkoy atletike.

Sbornaya Uzbekistana zanyala vtoroe mesto v obshekomandnom zachete na ChA po legkoy atletike.
© NOK Uzbekistana
Bu bilan o‘zbekistonlik yengil atletikachilar ilk bor qit’a chempionatida ikkinchi natijani qayd etishdi.
Oltin medal:
Jahongir Jo‘raboyev (o‘nkurash);
Anastasiya Silchenkova (3000 metr);
Sadafbonu Nusratullayeva (2000 metr, to‘siqlar osha).
Kumush medal:
Timur Nasimov (3000 metr);
Shodiyona Rahmonova (400 metrga to‘siqlar osha);
Shohjaxon Xayrullayev (2000 metr, to‘siqlar osha);
Nasimaxon Ma’mirova (2000 metr, to‘siqlar osha);
Sofiya Nikolayeva (yettikurash).
Bronza medal:
Ruslan Sa’dullayev (nayza uloqtirish);
Asilbek To‘xtamurodov (3000 metr);
Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish);
Marjona Saydullayeva (1500 metr).
© NOK Uzbekistana Sbornaya Uzbekistana zanyala vtoroe mesto v obshekomandnom zachete na ChA po legkoy atletike.

Sbornaya Uzbekistana zanyala vtoroe mesto v obshekomandnom zachete na ChA po legkoy atletike.
© NOK Uzbekistana
Birinchi o‘rinni 36 ta medal bilan Xitoy, uchinchi o‘rinni esa 7 ta medal bilan Yaponiya egalladi.