Ozodbek Nazarbekov qariyb 60 kishiga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini topshirdi
11:59 18.04.2025 (yangilandi: 12:02 18.04.2025)
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaV Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"

© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab 60 nafarga yaqin soha vakillariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni topshirildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Andijon viloyatining Yangi O‘zbekiston bog‘ida 15-aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan respublika darajasidagi tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, nutq so‘zladi hamda bayram munosabati bilan soha xodimlarini muborakbod etishdi.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaV Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"

V Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov respublika bo‘ylab 60 nafarga yaqin soha vakillariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini tantanali taqdim etdi.
TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayevga ham “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni berildi.
Shuningdek, Sulton Rayev tomonidan o‘zbekistonlik bir guruh soha vakillari taqdirlandi, jumladan:
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaV Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"

V Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
TURKSOY tashkilotining Oltin medali bilan:
O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari - Ahmedov Bahodir Madjitovich;
Andijon viloyati hokimi - Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevich;
TURKSOY tashkilotining Faxriy medali bilan:
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori - Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich;
Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i - Sattorova Marhaboxon G‘ulomovna;
TURKSOY tashkilotining Faxriy nishoni bilan:
Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi Bahor davlat raqs ansambli davlat muassasasi badiiy rahbari - Madrahimova Ziyoda Ubaydullayevna;
"Tumor" raqs ansambli badiiy rahbari - Jo‘rabayeva Charos Hosiljanovna;
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktori - Latipov Azizxon G‘aybullayevich;
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy maqom san’ati instituti o‘qituvchisi - Shomurodova Mohichehra taqdirlandi.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaV Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"

V Andijane proshli prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie "Dnyu stroitelstva i kulturi"
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistana
Taqdirlash marosimidan so‘ng yig‘ilganlarga bayramona konsert dasturi namoyish etildi.