https://oz.sputniknews.uz/20250417/ukraina-msk-mojaro-saylovlar-48924027.html
Ukraina MSK mojarodan keyin saylovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi
Ukraina MSK mojarodan keyin saylovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Markaziy saylov komissiyasi rahbari Didenko mojarodan keyin saylovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti Ispaniya nashriga tayanib, xabar berdi.
2025-04-17T15:00+0500
2025-04-17T15:00+0500
2025-04-17T15:00+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1112/63/11126370_0:156:3000:1844_1920x0_80_0_0_dd479fb087d376af9698dd8a8b2feb35.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Oleg Didenko mojarodan keyin saylovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti Ispaniya nashriga tayanib, xabar berdi. Didenkoning ta’kidlashicha, mojaro tugaganidan keyin yetarli asoslarsiz hokimiyatda qolishga urinish kabi ko‘rinmasligi uchun mamlakatda saylovlar muddatini haddan tashqari kechiktirmaslik kerak. Markaziy saylov komissiyasi rahbarining ta’kidlashicha, harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukrainaga saylovlarni tashkillashtirish uchun uch oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilingan. Zelenskiy saylovlar hozir o‘z vaqtida emasligini aytdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilganidek, Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, Ukraina prezidenti harbiy holat sharoitida ham o‘z vakolatlarini uzaytirish huquqiga ega emas. Faqat Rada, ya’ni mamlakat parlamenti vakolatlarini kengaytirish huquqiga ega. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi va Zelenskiyning reytingi 4 foizgacha tushib ketganini ma’lum qilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250416/kiev-rossiya-muzokara-taqiq-peskov-48911115.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1112/63/11126370_167:0:2834:2000_1920x0_80_0_0_e9f6666561832af5633ce9c048f70925.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina markaziy saylov komissiyasi didenko saylovlar
ukraina markaziy saylov komissiyasi didenko saylovlar
Ukraina MSK mojarodan keyin saylovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi
MSK: Ukrainaga saylovlarni tashkillashtirish uchun uch oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Oleg Didenko mojarodan keyin saylovlarni kechiktirmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti Ispaniya nashriga tayanib,
xabar berdi. Didenkoning ta’kidlashicha, mojaro tugaganidan keyin yetarli asoslarsiz hokimiyatda qolishga urinish kabi ko‘rinmasligi uchun mamlakatda saylovlar muddatini haddan tashqari kechiktirmaslik kerak.
"Biz urushdan keyingi saylovlarga qo‘limizdan kelganicha tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak... yetarli asoslarsiz hokimiyatda qolishga urinish kabi ko‘rinmasligi uchun muddatlarni haddan tashqari uzaytirmaslik kerak", — dedi Didenko OAVga bergan intervyusida.
Markaziy saylov komissiyasi rahbarining ta’kidlashicha, harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukrainaga saylovlarni tashkillashtirish uchun uch oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilingan. Zelenskiy saylovlar hozir o‘z vaqtida emasligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qilganidek, Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, Ukraina prezidenti harbiy holat sharoitida ham o‘z vakolatlarini uzaytirish huquqiga ega emas. Faqat Rada, ya’ni mamlakat parlamenti vakolatlarini kengaytirish
huquqiga ega. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atadi va Zelenskiyning reytingi 4 foizgacha tushib ketganini
ma’lum qilgandi.