https://oz.sputniknews.uz/20250416/rustam-sadullaev-mukofot-48905000.html
Rustam Sa’dullayev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti laureati bo‘ldi
Rustam Sa’dullayev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti laureati bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yil oliy mukofot uchun 8 ta davlatdan 15 nomzod kurash olib bordi. Hakamlar hay’ati sovrinni 7 nafar da’vogarga topshirdi. 16.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-16T14:10+0500
2025-04-16T14:10+0500
2025-04-16T14:10+0500
madaniyat
o‘zbekiston
mdh
mukofot
kino
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36786585_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_5e7f7d35fd0e70943d255c29ab85639b.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev MDHning 2024-yil uchun “Hamdo‘stlik yulduzlari” bosh gumanitar mukofoti laureati bo‘ldi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Mukofot har yili Hamdo‘stlik davlatlarining vakillariga insonparvarlik faoliyati sohasidagi eng muhim yutuqlari, jahon yutuqlari darajasiga mos keladigan hamda MDHga a’zo har bir davlat va umuman Hamdo‘stlik rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. Sovrin miqdori 2 million rublni tashkil qiladi. Bu yil oliy mukofot uchun 8 ta davlatdan 15 nomzod kurash olib bordi. MDHning barcha davlatlarining taniqli madaniyat va ta’lim arboblarini o‘z ichiga olgan hakamlar hay’ati qarori bilan sovrinlar yetti nafar talabgorga topshirildi. “Madaniyat va san’atga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti sovrindorlari: Taqdirlash marosimi 14-may kuni Dushanbe shahrida MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ziyolilari forumida bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250408/ozbekiston--galaba-yolida-48780614.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36786585_163:0:1123:720_1920x0_80_0_0_027c61a80281a830b6dd01ae3ad52c43.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, mdh, mukofot, kino
madaniyat, o‘zbekiston, mdh, mukofot, kino
Rustam Sa’dullayev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti laureati bo‘ldi
Bu yil oliy mukofot uchun 8 ta davlatdan 15 nomzod kurash olib bordi. Hakamlar hay’ati sovrinni 7 nafar da’vogarga topshirdi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev MDHning 2024-yil uchun “Hamdo‘stlik yulduzlari” bosh gumanitar mukofoti laureati bo‘ldi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Mukofot har yili Hamdo‘stlik davlatlarining vakillariga insonparvarlik faoliyati sohasidagi eng muhim yutuqlari, jahon yutuqlari darajasiga mos keladigan hamda MDHga a’zo har bir davlat va umuman Hamdo‘stlik rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.
Sovrin miqdori 2 million rublni tashkil qiladi.
Bu yil oliy mukofot uchun 8 ta davlatdan 15 nomzod kurash olib bordi. MDHning barcha davlatlarining taniqli madaniyat va ta’lim arboblarini o‘z ichiga olgan hakamlar hay’ati qarori bilan sovrinlar yetti nafar talabgorga topshirildi.
“Madaniyat va san’atga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti sovrindorlari:
Eduard Tadevosan (Armaniston) – Armaniston xalq artisti, Yerevan davlat konservatoriyasi professori, Komitas kvarteti direktori;
Yelena Atrashkevich (Belarus) - bastakor, Belarus Bastakorlar uyushmasi raisi, Minsk san’at kolleji o‘qituvchisi;
Ayjan Bekkulova (Qozog‘iston) — Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha milliy qo‘mita eksperti, Qozog‘iston Hunarmandlar uyushmasi raisi;
Denis Matsuyev (Rossiya) – pianinochi, Rossiya xalq artisti, Moskva davlat filarmoniyasi solisti;
Rustam Sa’dullayev (O‘zbekiston) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Butunrossiya kinematografiya universitetining Toshkent shahridagi filiali faxriy professori.
Taqdirlash marosimi 14-may kuni Dushanbe shahrida MDH davlatlari ijodiy va ilmiy ziyolilari forumida bo‘lib o‘tadi.