https://oz.sputniknews.uz/20250415/toshkent-tarix-muzey-galaba-oqish-48898221.html
Toshkent muzeyida “G‘alaba o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi
Toshkent muzeyida “G‘alaba o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlandi. Loyiha yoshlarga harbiylar va oddiy fuqarolarning jasoratlari haqida hikoya qiladi. 15.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-15T17:20+0500
2025-04-15T17:20+0500
2025-04-28T11:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
g‘alaba
muzey
ulug‘ vatan urushi
g‘alaba bayrami
g‘alabaning 80-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/10/48905705_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_18795f3cca0a26e9642336c2398a7978.jpg
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali - Toshkent muzeyida Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan “G‘alaba o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Loyiha yoshlarga harbiylar va oddiy fuqarolarning jasoratlari haqida hikoya qiladi. Ishtirokchilarga olmaliqlik, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Dmitriy Xaratan, shuningdek, O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari – Mansur Toshmatov, Afzal Rafiqov, Anastasiya Penkova, Feruza Xaldarovalar ijrosidagi chiqishlar namoyish etildi.Muhokama O‘zbekistonning umumiy g‘alabaga qo‘shgan hissasiga qaratildi: 2 millionga yaqin kishi frontga ketdi, fabrikalar, ilmiy muassasalar, ijodiy uyushmalar ishladi. Urush yillarida evakuatsiya qilingan minglab odamlar Toshkentda ochlik va o‘limdan najot topishdi.Rasul Gamzatov, Bulat Okudjava, Robert Rojdestvenskiy, Ilya Erenburg, Sharof Rashidov, G‘afur G‘ulom va boshqa mualliflarning asarlari ijro etildi. “G‘alaba o‘qishlari” – Ulug‘ Vatan urushi yillarida askarlar va oddiy fuqarolarning buyuk jasoratlari haqida hikoya qiluvchi keng ko‘lamli loyiha, xalqaro adabiy-musiqiy tadbir. Sovet Ittifoqi xalqlarining aynan mana shu birligi insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushlardan birida G‘alabaga erishish imkonini berdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/10/48905705_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_75c5a81627a4f91e8b5473963d5f3a43.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, g‘alaba, muzey, ulug‘ vatan urushi, g‘alaba bayrami, g‘alabaning 80-yilligi
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, g‘alaba, muzey, ulug‘ vatan urushi, g‘alaba bayrami, g‘alabaning 80-yilligi
Toshkent muzeyida “G‘alaba o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi
17:20 15.04.2025 (yangilandi: 11:53 28.04.2025) Eksklyuziv
Tadbir Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlandi. Loyiha yoshlarga harbiylar va oddiy fuqarolarning jasoratlari haqida hikoya qiladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali - Toshkent muzeyida Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan “G‘alaba o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Loyiha yoshlarga harbiylar va oddiy fuqarolarning jasoratlari haqida hikoya qiladi. Ishtirokchilarga olmaliqlik, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Dmitriy Xaratan, shuningdek, O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari – Mansur Toshmatov, Afzal Rafiqov, Anastasiya Penkova, Feruza Xaldarovalar ijrosidagi chiqishlar namoyish etildi.
Muhokama O‘zbekistonning umumiy g‘alabaga qo‘shgan hissasiga qaratildi: 2 millionga yaqin kishi frontga ketdi, fabrikalar, ilmiy muassasalar, ijodiy uyushmalar ishladi. Urush yillarida evakuatsiya qilingan minglab odamlar Toshkentda ochlik va o‘limdan najot topishdi.
Rasul Gamzatov, Bulat Okudjava, Robert Rojdestvenskiy, Ilya Erenburg, Sharof Rashidov, G‘afur G‘ulom va boshqa mualliflarning asarlari ijro etildi.
“G‘alaba o‘qishlari” – Ulug‘ Vatan urushi yillarida askarlar va oddiy fuqarolarning buyuk jasoratlari haqida hikoya qiluvchi keng ko‘lamli loyiha, xalqaro adabiy-musiqiy tadbir. Sovet Ittifoqi xalqlarining aynan mana shu birligi insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushlardan birida G‘alabaga erishish imkonini berdi.