Rossiya AQSh tuzog‘iga tushmaydi — Lavrov

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF v Tursiyu.
Vizit glavi MID RF v Tursiyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov: Rossiya tuzoqqa tushadigan kelishuvga erishmaslikni biladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Moskva AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Rossiyani tuzoqqa tushiradigan kelishuvga erishmaslikni biladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Kommersant”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Endi, bizga normal (Donald Tramp aytganidek) “kelishuvlar” taklif qilinganida, biz buni yaxshi ma’noda qabul qilamiz. Biz hech qachon rad etmagan o‘zaro manfaatli bitim va bizni navbatdagi "tuzoqqa" tushirishi mumkin bo‘lgan bitim qanday ko‘rinishga ega ekanligini yaxshi bilamiz”, — dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, Trampning tashqi siyosati AQShning milliy manfaatlarini himoya qilishga asoslangan, biroq Amerika prezidenti bu manfaatlar mos kelganda boshqa davlatlar bilan muloqotga tayyor.
Lavrov bu yondashuvni pragmatik va muhokamaga loyiq deb hisobladi. Shu bilan birga, Rossiya tashqi ishlar vaziri Vashington bilan munosabatlar tiklangach, Moskva iqtisodiy, texnik, harbiy va boshqa sohalarda qaramlikning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ta’kidladi.
Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarning borishini baholadi
Yangiliklar lentasi
0