O‘zbekiston va Xitoy issiqxonalar uchun “aqlli” plonka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda

© academy.uzBudet zapusheno proizvodstvo "umnoy" termoreguliruyushey plenki
Budet zapusheno proizvodstvo umnoy termoreguliruyushey plenki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Obuna bo‘lish
Sinovlar allaqachon Toshkent, Jizzax, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda haroratni mo‘’tadillashtiruvchi “aqlli” plonka ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan yaratilgan issiqxonalar uchun tashqi energiyasiz qizdirish va sovutish imkonini beruvchi, haroratni mo‘’tadillashtiruvchi nano-kompozit plonka taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Materialshunoslik instituti bazasida nano-kukunlarning qo‘shma tajriba-sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha Xitoyning “Shanghai Daodun S&T Ltd.” kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi.
“Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan dunyoda ilk bor issiqxonalar uchun mo‘ljallangan plonkalar tarkibiga qo‘shiluvchi, haroratni mo‘’tadillashtirish vazifasini bajaradigan nano-kompozit zarrachalar sintez qilindi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, nano-zarrachalar quyosh nurining ultrabinafsha nurlanishini yaqin infraqizil diapazonga aylantiradi. Shu bilan birga, bunday fotonlarning issiqlik energiyasi 17-22°C ga teng bo‘ladi. Natijada, tashqi harorat -3…-7 °C bo‘lgan holatda ham issiqxona ichidagi harorat qo‘shimcha qizdirishsiz +5…+7°C gacha saqlanadi (odatiy plonkalarda bu ko‘rsatkich 0…+2°C bo‘ladi). Issiq kunlarda esa issiqxona ichidagi harorat 5–8°C ga pasayadi.
“Infraqizil diapazondagi fotonlar soni ko‘payishi tufayli fotosintez tezlashadi va o‘simliklar 1,5–2 baravar tez o‘sadi. Shu bilan birga, energiya sarfi 60% dan ortiq kamayadi, hosildorlik 35–50% ga ortadi, sug‘orish uchun suv tejalishi 30% ni tashkil etadi, agar gidrogellar qo‘llanilsa, bu ko‘rsatkich 90% gacha yetadi. Plonkaning mustahkamligi 3 baravar oshadi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Sinovlar Toshkent, Jizzax, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan.
Hozirda Shanxay Qishloq xo‘jaligi akademiyasi tomonidan Xitoyning turli tuproq-iqlim sharoitida keng ko‘lamli sinovlar olib borilmoqda.

“Shanghai Daedon Science and Technology Ltd." kompaniyasi bilan O‘zbekistonda Materialshunoslik instituti bazasida nano-kukunlarni qo‘shma tajriba-sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tajriba-sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish rejasiga ko‘ra, 2025-yilda 1 tonna, 2026-yilda esa 10 tonna nano zarrachalar ishlab chiqariladi”, — deyiladi matbuot xabarida.

© academy.uzBudet zapusheno proizvodstvo "umnoy" termoreguliruyushey plenki
Budet zapusheno proizvodstvo umnoy termoreguliruyushey plenki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Budet zapusheno proizvodstvo "umnoy" termoreguliruyushey plenki
Ishlab chiqarish hajmini yiliga 2 000 tonnaga yetkazish uchun nano-poroshoklar ishlab chiqarish zavodi quriladi. Mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha kompaniya bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Materialshunoslik institutiga ko‘ra, o‘tgan yilning mart oyida "Shanghai Daedon Science and Technology Ltd." korxonasi va institut o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan. Kelishuvda Materialshunoslik institutida yaratilgan nanokompozit kukunlarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etish belgilangan.
Xitoy tomoni nanokukunlardan kompozit plonka ishlab chiqarish, Xitoy hududida issiqxonalarda sinovlardan o‘tkazish, sinov natijalarini Materialshunoslik instituti olimlari bilan birga muxokama qilish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan.
Kelishuda Shanxayda Funksional materiallar materialshunosligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilishi, Xitoy tomoni institutni jihozlash, kadrlar saralovini o‘tkazish va yakuniy mahsulotlarni Xitoy va dunyoning boshqa mamlakatlarida ilgari surish vazifalarini zimmasiga olgan. O‘zbekiston tomoni esa yuqori malakali kadrlar tayyorlash, nanoo‘lchamli kompozit materiallarining namunalarini tayyorlaydi.
Yangiliklar lentasi
0