Xokkey: O‘zbekiston Armanistondagi turnirda Kuvayt ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

© NOKUzbekskie xokkeisti oderjali krupnuyu pobedu v debutnom matche.
Uzbekskie xokkeisti oderjali krupnuyu pobedu v debutnom matche. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2025
Obuna bo‘lish
Yerevanda xokkey bo‘yicha jahon chempionatining IV divizion bellashuvlari boshlandi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik xokkeychilar Armanistonda bo‘lib o‘tayotgan musobaqada Kuvayt jamoasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Yerevanda xokkey bo‘yicha jahon chempionatining IV divizion bellashuvlari boshlandi.
“Ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag‘lub etishdi”, — deyiladi xabarda.
Endi O‘zbekiston jamoasi 2-turda Armaniston, 3-turda Eron, 4-turda Indoneziya, 5-turda esa Malayziya jamoalari bilan bellashadi.
Eron, Kuvayt, Malayziya, Indoneziya va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirokidagi turnir 19-aprelga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Ushbu g‘alaba O‘zbekiston jamoasiga kelasi yili III divizionning “A” guruhida qatnashish imkoniyatini taqdim etdi.
Istoricheskaya pobeda ot nashix xokkeistov! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2025
O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0