O‘zbekistonda ko‘z kataraktasi borlarning jarrohlik amaliyoti bepul o‘tkaziladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVo vremya operatsii v otdelenii eksimerlazernoy xirurgii
Vo vremya operatsii v otdelenii eksimerlazernoy xirurgii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2025
Obuna bo‘lish
Ko‘z kataraktasidan aziyat chekayotganlarga oftalmologik yordam ko‘rsatish maqsadida muruvvat aksiyasi boshlandi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1000 nafar ehtiyojmand aholi bepul skriningdan o‘tkazilib, katarakta aniqlangan bemorlarda sun’iy gavhar implantatsiyasi amalga oshiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Respublikada ko‘z kataraktasidan aziyat chekayotganlarga jarrohlik yo‘li bilan oftalmologik yordam ko‘rsatish maqsadida muruvvat aksiyasi boshlandi.
Aksiya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Birlashgan Arab Amirliklarining “NOOR Dubai” xalqaro tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda.
“Aksiya doirasida Toshkent va Samarqand shaharlarida yurtimizning barcha hududlaridan kelgan jami 1000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor yuqori texnologik skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilib, katarakta kasalligi aniqlanganlarga davolashning “oltin standarti” asosida yuqori texnologik fakoemulsifikatsiya usulida sun’iy gavhar implantatsiyasi bilan jarrohlik amaliyoti bajariladi”, — deyiladi xabarda.
Aksiya 14-17 aprel kunlari Toshkentda, 17-19 aprel kunlari Samarqandda – markaz filialida o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, har bir bemorga jarrohlikdan keyin davolanishni davom ettirish uchun barcha dori va sarflov vositalari bepul taqdim etiladi.
Nima uchun ko‘z xiralashadi? Mutaxassis batafsil javob berdi
Ko‘z uchun foydali vitaminlar faqat ushbu mahsulotlar tarkibida bor - shifokor
Oftalmologicheskiy osmotr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2023
Bu qiziq
Shifokor ko‘z kasalliklarining alomatlarini sanab o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0