O‘zbekiston Malayziya kompaniyasini respublikada GES qurishga taklif etdi

© FOTO press-slujba kabineta ministrov KROtkritie pilotnogo proyekta po ustanovke mobilnoy GES na kanale OChK-1
Otkritie pilotnogo proyekta po ustanovke mobilnoy GES na kanale OChK-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
Obuna bo‘lish
Malayziyaning eng yirik energiya ishlab chiqaruvchisi vakillari hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston Malayziya tomoniga respublika hududlarida kichik gidroelektr stansiyalarini qurish hamda yirik quvvatli gidroinshootlarni barpo etish loyihalarini amalga oshirishni taklif etdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Malakoff Corporation Berhad" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Anvar Shaxrin Abdul Ajib bilan uchrashdi. Muzokaralarda O‘zbekistonda energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, Malayziya tomoniga mamlakatda "yashil" energiya sanoati istiqboli, ayniqsa gidroenergiya bo‘yicha foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar mavjudligi aytilgan.
“Kompaniyaning ulkan tajribasi va salohiyatini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga respublika hududlarida daryo va kanallarda kichik gidroelektr stansiyalarini qurish hamda yirik quvvatli gidroinshootlarni barpo etish loyihalarini amalga oshirish taklif etildi”, — deyiladi xabarda.
Anvar Shaxrin Abdul Ajibning aytishicha, kompaniya Malayziyadagi eng yirik mustaqil energiya ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Umumiy quvvati 8782 MVt bo‘lgan issiqlik va 173 MVt qayta tiklanuvchi elektr stansiyalariga egalik qiladi.
"O‘zbekistonda "yashil" energiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar menda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatingiz erishgan natijalar va ulkan rejalardan ilhomlanib, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun joriy yilda O‘zbekistonga borishni rejalashtirapmiz", — dedi u.
Aytilishicha, kompaniyaning asosiy faoliyati elektr energiyasi ishlab chiqarish, sho‘r suvni chuchuklashtirish, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish hamda chiqindilarni boshqarishdan iborat. Kompaniya Malayziyadan tashqarida Saudiya Arabistoni, O‘mon, Baxrayn va Bangladeshdagi korxonalarga egalik qiladi.
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga mini GESlarni yetkazib berishni boshladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2025
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga kichik GES yetkazib berishni boshladi
Yangiliklar lentasi
0