Omskda Farg‘ona logistika markazi ochildi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
Obuna bo‘lish
Endili Farg‘onada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya iste’molchilariga yetkazib beriladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyaning Omsk viloyatida Farg‘ona ulgurji taqsimlash logistika markazining birinchi bosqichi ishga tushirildi, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, endilikda viloyatda yetishtirilgan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya iste’molchilariga yetkazib beriladi.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyatiga rasmiy tashrif doirasida “Frukt-Siti” ulgurji taqsimlash logistika markazining tantanali ochilish tadbirida ishtirok etdi.
“O‘zbek biznesmenlari ta’sischiligida 700 mln rubl sarflanib qurilgan yangi ulgurji taqsimlash logistika markazi 9 gektar maydonni egallab, zamonaviy infratuzilma asosida barpo etilgan. Mazkur bozor o‘z ichiga 16 ta har biri 380 kvadrat metrdan iborat keng va qulay angarlarni oladi. Bu angarlar meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qulay sharoitda sotish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
Shuningdek, bozor hududida 72 ta savdo do‘koni faoliyat yuritadi. Ularda turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari sotiladi.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
Aytilishicha, markazda 450 ta yuk mashinasi uchun mo‘ljallangan turargohlar tashkil etilgan. Ular yuk avtomobillarining erkin harakatlanishi va mahsulotlarni tezkor ravishda tushirish hamda yuklash imkonini beradi.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
Aytilishicha, logistika markazining bir qismida Farg‘ona savdo uyi ham ochildi.
© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
V Omskoy oblasti otkrilsya Ferganskiy logisticheskiy sentr
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hozirda loyihaning birinchi bosqichi yakunlangani, tez orada ikkinchi va uchinchi bosqichlarining qurilish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
“Bugun biz Farg‘ona viloyatidan Rossiya bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini barqaror yetkazib berish imkonini beruvchi muhim logistika markazini ochmoqdamiz. Bu hududlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik, ishonch va strategik sheriklik samarasidir. Farg‘ona qishloq xo‘jaligining boy salohiyatiga ega viloyatdir. Tabiiy, yuqori sifatli mahsulotlarimiz iste’molchilarga tez va eng yaxshi holatda yetib kelishida mazkur zamonaviy logistikaning o‘rni katta bo‘ladi”, — dedi viloyat rahbari.
Markazda maxsus savdo do‘konlari, saqlash omborlari, logistika xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
"Ushbu bozor faoliyati natijasida 800 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan. Ular uchun zamonaviy turar-joylar, ozuqa ta’minoti, tibbiy xizmat va boshqa zarur shart-sharoitlar yaratiladi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatida Rossiya bilan hamkorlikda 122 ta korxona faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yilda 26 ta loyiha amalga oshirilib, 113 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0