“G‘alabani qizimga bag‘ishlayman”: bokschi Shahram G‘iyosov raqibini nokautga uchratdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoksor Shaxram Giyasov
Boksor Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
Obuna bo‘lish
G‘iyosov prof boksdagi 17-jangida 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 12-aprel kuni Atlantik-Sitida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi nokautga uchratdi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Shahram G‘iyosov 4-raund yakunida raqibini nokautga uchratdi va ustunlikni davom ettirdi va tanaga aniq zarba berish bilan jangni yakunladi.
G‘iyosov g‘alaba qozondi va WBA yo‘nalishi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun majburiy da’vogar sifatidagi o‘rnini saqlab qoldi. Shunday qilib, u prof boksdagi 17-jangida 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
G‘iyosov bu g‘alabani bir oy oldin olamdan o‘tgan ikki yoshli qiziga bag‘ishlaganini aytdi.
“Men uchun juda qiyin bo‘ldi. Bu juda og‘ir mashg‘ulot lageri bo‘ldi, chunki qizimni yo‘qotdim. U meni ko‘rib turibdi. Hozir menga qarab, men uchun duo qilmoqda. Men uni yaxshi kuraman. Bu mening qizim uchun. Men unga jahon chempioni bo‘laman deb va’da bergandim. U menga ishonadi. Men buni bilaman. Menga imkoniyat bering. Men buni qilaman", — deya fikr bildirdi G‘iyosov.
Endilikda o‘zbekistonlik bokschi Atlantik-Siti shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomining asosiy jangida IBF chempioni Jeyron Ennis va WBA chempioni Eymantas Stanionis o‘rtasidagi birlashtiruvchi jang g‘olibiga qarshi to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, shu yilning mart oyida G‘iyosovning 2 yoshli qizi vafot etgandi.

Yangiliklar lentasi
0