https://oz.sputniknews.uz/20250413/fargona-kulolchilik-mahsulot-rossiya-48864504.html
Farg‘onaning kulolchilik mahsulotlari Rossiyaga yetkazib beriladi — tafsilotlar
Farg‘onaning kulolchilik mahsulotlari Rossiyaga yetkazib beriladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida o‘tkazilgan "Leto-2025" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 13.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-13T16:11+0500
2025-04-13T16:11+0500
2025-04-13T16:11+0500
o‘zbekiston
rossiya
farg‘ona viloyati
kulolchilik
hunarmandlar
turizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0d/48864334_0:107:2048:1259_1920x0_80_0_0_40dd0d79ee058882bcb184a4b2fe65d3.jpg.webp
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Farg‘onalik kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Rossiyaga yetkazib beriladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida o‘tkazilgan "Leto-2025" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.Ko‘rgazma maydonidagi O‘zbekiston stendida mamlakat sayyohlik salohiyati, milliy hunarmandchilik, kulolchilik mahsulotlari va milliy liboslar namoyish etildi.Aytilishicha, Farg‘ona viloyatidagi "Mingboshi Ceramic" kulolchilik korxonasi va Marg‘ilon shahridagi "Hunarmandlar markazi" tomonidan ishlab chiqarilgan kulolchilik mahsulotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.Shuningdek, Farg‘ona viloyati delegatsiyasi vakillari Yekaterinburg shahar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etishga kelishib oldi. Qayd etilishicha, 7,2 million dollarlik 15 dan ortiq savdo bitimlari imzolandi.Shuningdek, Ural turizm uyushmasi va Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250311/ozbekiston-sovga-48339209.html
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0d/48864334_114:0:1934:1365_1920x0_80_0_0_e15f6afa39fdb4e91f29c3416b7ca353.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, farg‘ona viloyati, kulolchilik, hunarmandlar, turizm
o‘zbekiston, rossiya, farg‘ona viloyati, kulolchilik, hunarmandlar, turizm
Farg‘onaning kulolchilik mahsulotlari Rossiyaga yetkazib beriladi — tafsilotlar
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida o‘tkazilgan "Leto-2025" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Farg‘onalik kulollar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Rossiyaga yetkazib beriladi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida o‘tkazilgan "Leto-2025" xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ko‘rgazma maydonidagi O‘zbekiston stendida mamlakat sayyohlik salohiyati, milliy hunarmandchilik, kulolchilik mahsulotlari va milliy liboslar namoyish etildi.
Aytilishicha, Farg‘ona viloyatidagi "Mingboshi Ceramic" kulolchilik korxonasi va Marg‘ilon shahridagi "Hunarmandlar markazi" tomonidan ishlab chiqarilgan kulolchilik mahsulotlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar o‘rtasida muzokaralar uyushtirildi. Xususan, "Mingboshi Ceramic" korxonasi Rossiya tomoni bilan 300 ming dollar miqdoridagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati delegatsiyasi vakillari Yekaterinburg shahar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etishga kelishib oldi. Qayd etilishicha, 7,2 million dollarlik 15 dan ortiq savdo bitimlari imzolandi.
Shuningdek, Ural turizm uyushmasi va Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.